10 Mavzu: Tushuncha. Reja 1.Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar 2.Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish 3. TASNIFLASH 4.Tushunchalarni bo‘lish 5. Tushunchalarni ta’riflash (definitsiya) 6. Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar TUSHUNCHALAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o‘zaro aloqada bo‘lganligi uchun ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o‘zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo‘lib, ularni anikdash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tu- shunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushun- chalardir. Masalan, «metallurg» va «ishchi» tushunchalari ana shuvday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p hollarda modsiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga eta bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi», «ideal gaz» va «go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantikda taqqoslanmaydigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar o‘rganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi.
Sig‘ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to‘lalishcha yoki qisman mos keladi. Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo‘ysu- nish. Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bil angina farq qiladi. Masalan,
«I.A.Karimov», «Uzbekistan Respublikasining Pre- zidenti» tushunchalari xuddi shu munosabatda mavjuddir. Buni quyidagi tuzilma yordamida ko‘rsatish mumkin:
A - I.A.Karimov.
V - Uzbekistan Respublikasi Prezidenti.
Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning haj- mi qisman umumiylikka ega. Masalan:
A - Sportchi.
V - Talaba.
Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtning o‘zida ham sportchi, ham talaba bo‘lganlarni bildiradi.
Bo‘ysunish munosabatida tushunchalardan birining haj- mi ikkinchisining hajmiga to‘liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:
A - Fan.
V — Mantiq.
Bu munosabatdagi tushunchalardan biri bo‘ysundiruvchi (A), ikkinchisi (V) bo‘ysunuvchi bo‘lib, ular jins-tur munosabatida bo‘ladi. Jins tushuncha predmetlarning birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub predmetlarning bir guruhini yoki bittasini aks ettiradi. Mantiqda u yoki bu tushunchaning jins yoki tur ekanligi nisbiy xarakterga eta. Har bir tushuncha o‘zidan umumiyroq tu- shunchaga nisbatan tur, kamroq umumlashgan tushunchaga nisbatan jinsdir. Masalan, milliy g‘oya, g‘oya, fikr tushunchalari o‘rtasida quyidagi nisbat mavjud: «G‘oya» tushunchasi «fikr» tushunchasiga nisbatan tur, «milliy g‘oya» tushunchasiga nisbatan jins bo‘ladi.
Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiy- likka ega bo‘lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o‘rtasida ham uch xil munosabat bor: birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik.
Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar o‘rta- sida mavjuddir:
A - Fan.
V - Mantiq.
^ * ■’' L V YA
Bunda «mantiq» va «fizika» tushupchalari tvdan birgalikda «fan» tushunchasining hajmiga bo‘ysunadi.
Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajm- lari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks etgiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks etgiradi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o‘zlari bo‘ysu- nadigan tushunchaning hajmini to‘liq egallay olmaydi. Masalan, «baland bo‘yli odam» va «past bo‘yli odam» tushunchalari «odam» tushunchasining hajmini to‘liq qoplay olmaydi.A - Odam.
V - Baland bo‘yli odam. S - Past bo‘yli odam.
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmet- ning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo‘lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farkdi o‘laroq, bo‘ysun- diruvchi tushunchaning hajmini to‘liq qoplaydi. Masalan:
A - Odam. a V - Baland bo‘yli odam.
S - Baland bo‘yli emas odam.
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni aniklash ularning mazmuni va hajmini aniklashtirishga, ularni boglab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o‘tishga yordam beradi. Masal ap, «talaba» va «a’lochi» tushunchalari o‘rtasidagi muno- sabatni anikdash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin.