1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə32/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
,,

Xukmlarning modalligi. Atributiv va munosabat hukm- lari, shuningdek, ulardan tashkil topgan murakkab xukmlar assertorik (lot. azzego - tasdikdayman) yoki voqelik hukmlari deyiladi. Ularda
predikatda ko‘rsatilgan belgining sub’ektda bor yoki yo‘kdigi haqida fikr biddiriladi. Modal hukmlarda esa predikatning sub’ektga tegiishi yoki tegishli emasligi haqidagi fikr qatiy, kuchli (zaruriy) yoki qatiy bo‘lmagan, kuchsiz (ehtimol) tasdiq yoki inkor shaklida bayon qilinadi. Boshqacha aytganda, modal hukmlarda sub’ekt va predikatning o‘zaro munosabati hakida muayyan nuqtai nazardan fikr bildiriladi. Masalan, «Inson abadiy yashamaydi» assertorik hukmi «Inson abadiy yashashi mumkin emas», deb bayon qilinganda modal hukm ko‘rinishida ifodalanadi. Bu hukm avvalgisiga nisbatan kuchli. «Ukam ingliz tilini o‘rganadi» xukmiga nisbatan «Ukam ingliz tilini o‘rganishi mumkin» hukmi kuchsiz tasdiq hukm hisoblanadi. Bu hukmlardan birinchisi assertorik, ikkinchisi modal xukmdir.
Assertorik (voqelik) hukmlarga shart, zarur, mumkin kabi modal tushunchalar (operatorlar)ni kiritish orqali modal hukmlar hosil qilinadi. Modal operator M harfi bilan belgilanadi. Modal hukmlarining formulasi quyidagicha yoziladi:


Modal hukmlar modal mantikda o‘rganiladi. Unda ale- tik (zaruriy), epistemik (eng ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifodalovchi qukmlar tahlil qilingan.


Biz bulardan aletik modal hukmlarini ko‘rib chiqamiz. Aletik modal hukmlar sub’ekt va predikat o‘rtasidagi ikki turli aloqadorlikni o‘z ichiga oladi: zaruriy va problematik (imkoniy).
Modal hukmlarni ifodalash uchun turli modal opera- torlardan foydalaniladi. Masalan, aletik modal hukm- larda quyidagi modal operatorlardan foydalaniladi:
« A» - A zaruriydir.
«V A» - A tasodifiydir.
«OA» - A bo‘lishi mumkin.
«1 A» - A bo‘lishi mumkin emas.
Ba’zan «r» - r zaruriydir, «Mr» - r bo‘lishi mumkin belgilaridan ham foydalaniladi.
Zaruriy modal hukmlar turli fanlarning, shu jumladan, mantiq qonunlarini va ulardan kelib chiqadigan holat- larni ifodalaydi. Masalan, «Butun bo‘lakdan katta», «Har bir fuqaro qonunlarga bo‘ysunishi shart».
Qonunlarga zid bo‘lgan, ularni va ulardan kelib chi- qadigan turli holatlarni inkor etuvchi hukmlar noim-
102
koniylik xukmlari deyiladi. Masalan, «Simob daryosining bo‘lishi mumkin emas».
Qonunlar va ulardan kelib chiqadigan holatlarga zid bo‘lmagan, qonunlarni ham, ularning oqibatlarini ham ifodalamaydigan hukmlar tasodifiy xukmlar deyiladi. Masalan, ba’zi hududlarda dengiz ko‘nigining toshqini bo‘lishi tasodifiydir.
Imkoniylik hukmlari deb, qonunlar va ularning oqibatlariga zid bo‘lmagan fikrlarga aytiladi. Masalan, «Marsda xdyot bo‘lishi mumkin».
Modal tushunchalarning umumiy xususiyati ulardan hamma sohalarda foydalanish imkonini beradi.


Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin