1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


Marketingning umumiy funktsiyasi



Yüklə 415,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix12.04.2023
ölçüsü415,88 Kb.
#96751
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-мавзу (2)

Marketingning umumiy funktsiyasini to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin: analitik, 
ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat. 
Analitik funktsiya bozorni, iste'molchilarni, firma va tovar strukturasini o’rganish, 
shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat. 
Ishlab chiqarish funktsiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi 
texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta'minotini tashkil qilish va tovarning sifati va 
raqobatbardoshligini boshqarishga yo’naltirilishini ta'minlaydi. 
Sotish funktsiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli tovar va narx 
siyosatini olib borish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qiladi. 
Boshqarish va nazorat funktsiyasi strategik va operativ rejalashtirish, marketingni 
boshqarishning axborot ta'minoti, korxonada kommunikatsiyalar tizimini tashkil qilish va 
marketing nazoratini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oladi. 
Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo’nalishini va korxonaning boshqarish 
tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda marketingning asosiy
birlamchi tamoyili muayyan iste'molchilarning muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. 
Bozorda tovarning muvaffaqiyat qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni 
qanchalik samarali hal qila olishiga bog’liq. Bu yondashuv o’z navbatida quyidagi tamoyillarda 
aniqlashadi va rivojlantiriladi: 

iste'molchiga yo’naltirilganlik; 

talabni prognozlash va shakllantirish; 

qarorlarning kompleksliligi va ko’p variantliligi; 

qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg’u berish va holatlarni boshqarish; 

istiqbolga yo’naltirilganlik; 

dasturli maqsadli yondashuv. 
Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini ochib beradi. 
Keltiriladigan belgilar to’plami kengayishi yoki torayishi mumkin, lekin asosiy tamoyil - to’liq 
iste'molchiga yo’naltirilish - albatta mavjud bo’ladi. Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma 
tamoyillarning paydo bo’lishi va shakllanishini belgilab beradi. 

Yüklə 415,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin