investitsion to’siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlikning paydo bo’lishi va boshqalar
dalolat beradi. Yirik korxonalar doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va
jahon bozorini o’zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning
hammasi shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo’nalishlari va tendentsiyalari
korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish kontseptsiyasi sifatida qabul
qilish, funktsiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va qarorlarni qabul qilish, korporativ
madaniyatni takomillashtirish bo’yicha funktsiyalararo guruhlarning yaratilishini talab qiladi.
Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu kontseptsiya bilan bog’liq. Ba'zi
bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, o’yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari,
sport jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol sifatida keltirishimiz
mumkin.
Bundan buyon iste'molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon bo’ladilar. Bu
esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga olib keladi.
Konsyumerizm,
qisqacha qilib aytganda, iste'molchilarning o’z huquqlarini himoya qilishi yo’lidagi harakati deb
tushuntiriladi. Bunda iste'molchilarning harakati iqtisodiy evolyutsiyaning mahsuli sifatida,
ishlab chiqaruvchilar iqtisodiyotidan iste'molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan
xaridorlar bozoriga o’tish sifatida qaraladi. Konsyumerizm marketing kontseptsiyasiga
ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tadbiq etilishini talab qiladi.
Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste'mol va marketingning atrof-
muhitga ta'siridan tashvishlanishni ifodalovchi
environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda.
Shu bilan birga ekologik muammolarga e'tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining
omili sifatida qaralmoqda.
"Yashil marketing" harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik
jihatdan toza bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko’maklashadi.
Dostları ilə paylaş: