Ijtimoiy-axloqiy marketing kontseptsiyasi shakllanib bormoqda. U nafaqat bitta
shaxsning, balki butun jamiyat extiyojlarini qondirishga qaratilgan. Korxona foydasi, xaridor
ehtiyojlari va jamiyat manfaatlarining o’ziga xos muvofiqlashuvi va o’zaro bog’lanishi sodir
bo’ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy marketing bilan bog’liq bo’lgan, katta ijtimoiy jamoalarning, davlat
siyosatining muammolariga diqqatini qaratuvchi mega-marketing paydo bo’ldi.
Jamiyat hayotini axborotlashtirish kuchaygan sharoitda korxonaning xaridor bilan
bevosita munosabatda bo’lishi imkoniyati vujudga keladi. Ommaviy marketingdan
alohidalashgan marketingga o’tish kuzatiladi. Shunday yo’nalishlardan biri - munosabatlar marketingi (maksi-marketing) zamonaviy telekommunikatsiyaviy vositalardan foydalangan
holda iste'molchilar bilan individual munosabatlarni iloji boricha mustahkamlashga
yo’naltiriladi. Bu erda uzluksiz ravishda interaktiv kommunikatsiyalar yordamida olingan
individual iste'molchi haqidagi bilimlarni amalda tadbiq etish jarayoni boradi. Bu bilimlar
uzluksiz va uzoq muddatli o’zaro manfaatli aloqalarni ta'minlash maqsadida mahsulotlar va
xizmatlarni yaratish va siljitishga yordam beradi. Bunday munosabatlarning xaridor uchun
afzalliklari - aloqalarning samaradorligi, ishlab chiqaruvchi uchun - foyda, ikkalasi uchun -
tinchlik, kelajakka ishonch. qayd qilish kerakki, individual marketing mehmonxonada lyuks
xizmat ko’rsatishda, bank ishida tobora ko’proq rivojlanmoqda, aniqrog’i, har qanday
alohidalashgan tovar bozorlarida qo’llanilishi mumkin. Zamonaviy marketing kontseptsiyalarini
chizma ko’rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin:
Boshlang’ich nuqtasi Vositalar Bozordagi faoliyatning maqsadlari Xaridorlarning,
maqsadli guruhlarning
ehtiyojlari, afzal
ko’rgan narsalari
Markеting sohasidagi
tadqiqotlar (markеting-
miks)
Xaridorlar ehtiyojlarini barqaror
qondirish evaziga foyda olish