1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari



Yüklə 415,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix12.04.2023
ölçüsü415,88 Kb.
#96751
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-мавзу (2)

Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo’lish mumkin. 
Ular iqtisodiy ko’rsatkichlar va firmaning o’xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi 
mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi bo’lib inson ehtiyojlarini 
qondirishdan iborat ekanligini hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi 
nima?" degan savolga umumlashgan tarzda to’rtta muqobil javob mavjud: 
1. Maksimal yuqori iste'molga erishish. 
2. Iste'molchilarning maksimal qondirilishiga erishish. 
3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta'minlash. 
4. hayot sifatini maksimal ko’tarish. 
Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: sog’liqni 
saqlash, ta'limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi, tovarlarning miqdori, assortimenti, 
arzonligi, aholining xarid qobiliyati, madaniy va jismoniy muhitning sifati. 
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi. Marketingni 
qo’llaydigan firmaning asosiy umumlashgan maqsadi va vazifasini Filipp Kotler quyidagicha 
ta'riflaydi: 
"Kompaniya ishi = mijoz kutadigan natijalar" 
Umumlashtirishning pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdoriy va sifatiy maqsadlari 
haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda, firmaning obro’-e'tiborini 
oshirishga yo’naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir: 
1. Mashhurlikni oshirish. 
2. Yuqori imijga erishish. 
3. Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko’rsatish. 
4. Ta'lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash. 
Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
5. Foydaning hajmi. 
6. Sotilishlar hajmi. 
7. Bozor ulushining oshishi. 
8. Barqarorlikni ta'minlash. 
9. Xarajatlarni kamaytirish. 
10. Mehnat unumdorligi. 
Miqdoriy maqsadlarning tanlanishi va tartibga solinishini soddalashtirib, biznes sohasida 
quyidagi hikmat paydo bo’ldi: "Firmaning maqsadini tanlash - bugun yuqori foyda olish yoki 
ertaga yuqori bozor ulushiga ega bo’lish orasida tanlashdan iborat". 


Bu ifoda mantiqqa va iqtisodiy ma'noga ega bo’lsa ham, u muammoni haddan tashqari 
osonlashtirib yuboradi. 
Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi, vazifalari - 
qo’yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishi kerak. Amalda marketing quyidagi asosiy 
vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan: 
1. Mavjud yoki potentsial talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot (tovar, xizmat)ni ishlab 
chiqarish zaruriyatini asoslash. 
2. Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini yaratish bo’yicha ilmiy 
tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini tashkil etish. 
3. Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini tartiblashtirish va rejalashtirish. 
4. Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish. 
5. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun uning butun 
faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o’rash, sotish, reklama, texnik va servis xizmat 
ko’rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va yo’naltirish. 
Marketing funktsiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar siyosati
narxning hosil bo’lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon bo’ladi. Bunda quyidagi 
savollarni echish birinchi galgi vazifa hisoblanadi: 
Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning kerakli mahsulotni 
ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlari hisobga olinadi. 
Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari o’rganiladi. 
Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi (assortiment, 
narx, o’rash, sotish, reklama va hokazo). 

Yüklə 415,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin