Xizmatlar (uy-ro’zg’or, ishlab chiqarish, moliyaviy,
transport va aloqa, ijtimoiy,
intellektual) - marketing faoliyatining eng yaxshi rivojlanayotgan sektori. Ularning sifati
o’zgaruvchan, chunki aniq bajaruvchiga bog’liq va ularni standartlash qiyin.
G’oyalar rivojlanish va prognoz stsenariylari,
loyihalar, texnologiyalar, patentlar, nou-
xaular, ijtimoiy me'yorlar va an'analar, ehtiyojlar va ularning ierarxiyasini o’z ichiga oladi.
g’oyalar marketingi mualliflik birinchiliklarini huquqiy ta'minotining rivojlanishiga uzviy
bog’liqdir.
Tashkilot marketingning ob'ekti sifatida tashkiliy struktura
va modellar jihatidan ham,
huquqlar, imtiyozlar va hokazo jihatidan ham qaralishi mumkin. Biznes muhitida va umuman
jamiyat nazarida tashkilotning obro’izzati haqida alohida aytish kerak. Tashkilotning imiji,
odatda, firmaning, tovarning belgisi yoki firmaning xizmat ko’rsatish belgisi bilan tavsiflanadi.
Hududlarga marketing ob'ektlari sifatida uyjoy,
dam olish joylari, xo’jalik qurilishlari,
investitsiya ob'ekti sifatida er ham kiradi. Ancha kengroq ma'noda hududlar marketingi haqida
gapirganda ko’chmanchilar, turistlar, biznesmenlar kategoriyasini
umumiy holda belgilash,
moliyaviy va boshqa resurslarni jalb etishni tushunish mumkin.
Shaxs haqida gapirganda, avvalo, mehnat resurslari va ish joylari bozorini, shuningdek,
madaniyat, san'at, siyosat, fan, ta'lim, tibbiyot, sport va boshqa
sohalardagi buyuk shaxslar
bozorini nazarda tutadilar.
Dostları ilə paylaş: