1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


Sotishni rag’batlantirish



Yüklə 415,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix12.04.2023
ölçüsü415,88 Kb.
#96751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-мавзу (2)

Sotishni rag’batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo’lib, bozorga chiqarilgan 
tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish 
xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni rag’batlantirishning quyidagi faol 
shakllari mavjud - ko’rgazma-savdo, yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan 
foydalanish va arzon baholar.
Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. 
U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste'molchigacha bo’lgan harakatining har bir 
bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta'sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda 
sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va 
chakana savdoni, tashish va saqlashni o’z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda 
marketingning tovar siyosati kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o’ylab 
yuritilgan tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir 
ishlab chiqarilgan mahsulotning aniq iste'molchilar guruhiga mo’ljallangan bo’lishini 
ta'minlaydi. Ya'ni, har qanday tovar aniq iste'mol manziliga ega bo’lishi kerak. Bizning ichki 
bozorimiz, unga chiqarilgan tovar assortimentining, amalda mavjud bo’lmagan "o’rtacha" deb 
ataluvchi iste'molchiga mo’ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va 
didiga qarab taqsimlangan tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuvda bunday 
vaziyatlar yuz berishidan mustasno. 
Yuqorida sanab o’tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydalanish 
lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste'molchidan sanoat korxonalariga va savdoga, 
ulardan esa qarama-qarshi yo’nalishdagi uzluksiz axborot oqimini ta'minlaydi. Bu esa o’z 
vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga, sotish shartlariga, xizmat ko’rsatish sohasiga 
o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab o’tilgan maqsadlari va vazifalari 
bozor faoliyatini tashkil qilish to’g’risida to’liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor 
muammolarini to’liq hal qilish uchun tayyor retseptning o’zi bo’lishi mumkin emas. Marketingni 
qo’llashdan oldin avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini 
hisobga olish lozim. Chunki marketing - murakkab, harakat va sabr-toqat talab qiluvchi, shu 
bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining etarli darajada yuqori bo’lgan 
ehtiyoji va talabiga, uning xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi 
erkinlikka javob berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta'minlash uchun tovar 
assortimentini tez o’zgartirish, uni ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan bo’lishi 
lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, 


marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, 
ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darajada jiqozlangan bozor kanallari orqali 
realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni hal qilish zarur. 
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar va shu bilan birga 
boshqa soha xodimlari ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali 
foydalanishlari lozim. 

Yüklə 415,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin