46. Yu.Krijanich va G.Kotoshixinlarning moliya xususidagi qarashlarini tushuntirib bering. U davlatning boyishi usullariga (masalalariga) jiddiy e’tibor qaratib, ularni ikki guruhga – boyishning “to’g’ri” va “noto’g’ri” usullariga bo’ladi va bu narsalarning dunyoda allaqachon ma’lum ekanligini aytib, ularning yangilarini o’ylab topmaslik kerak, deb hisoblaydi.
47. XIII asrning boshlarida moliya nazariyotchilarining yirik vakili kim hisoblanadi va uning moliya sohasidagi taklifini qanday ifodalash mumkin? XVIII asrning boshlaridagi moliya nazariyotchilarining yirik vakili I.Pososhkov hisoblanadi. Uning moliya sohasidagi taklifini quyidagicha ifodalash mumkin: boqimandani undirayotgan paytda uning to’lovchisini xonavayron qilmasdan, to’lovchidan to’lovni amalga oshirish muddatlari xususida yozma ravishda majburiyatni olmoq lozim.
XVIII asrning ikkinchi yarmida moliya nazariyasiga oid bir necha asarlar paydo bo’ldi. Ularning orasida yaqqol ko’zga tashlangani A.Polenovning “Rossiya dehqonlarining krepostnoylik holati xususida” deb nomlangan asaridir. Bu asarda Rossiyada birinchi bo’lib “soliq” atamasi ishlatilgan, mulkiy sug’urtaning zarur ekanligi isbotlangan, Rossiyaning amaldagi soliq tizimi tanqidiy nuqtai-nazardan tahlil qilingan.
48. Rossiyada birinchi bo’lib kimning asarida “soliq” atamasi ishlatilgan? A.Polenovning “Rossiya dehqonlarining krepostnoylik holati xususida” deb nomlangan asaridir.
49. Moliya to’g’risidagi birinchi rus monografiyasi kim tomondan va qachon yozilgan? Moliya to’g’risidagi birinchi rus monografiyasi 1810-1811 yillarda N.Turgenev tomonidan yozilgan.
50. XIX asrning oxirlarida o’z asarlari moliya nazariyasini rivojlantirishga o’zining munosib hissasini qo’shgan rus olimlari kimlar edi? Ularning qanday asarlarini bilasiz? XIX asrning oxirlarida V.Lebedev, I.Yanjul, L.Xodskiy, S.Vitte va I.Ozerovlar asarlari moliya nazariyasini rivojlantirishga o’zining munosib hissasini qo’shgan.