1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar


Moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tasavvurlar vaqt o’tishi bilan o’z ko’rinishini qanday o’zgartirib borgan?



Yüklə 42,95 Kb.
səhifə2/17
tarix26.09.2023
ölçüsü42,95 Kb.
#148900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1-Mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki -fayllar.org

3. Moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tasavvurlar vaqt o’tishi bilan o’z ko’rinishini qanday o’zgartirib borgan?
Moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tushunchalar vaqt o’tishi bilan o’zgarib borgan. Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksiyadorlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog’liq holda tovar ishlab chiqa-rishning yirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayonining turli ishtirokchilari o’rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi.


4. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli nimalar bilan belgilanadi?
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi.


5. Tarixiy kategoriya sifatida moliyaning vujudga kelishi sabablarini izohlab bering.
Tarixiy kategoriya sifa-tida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liq.


6. Moliyaning ta’rifi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit-larni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar moliya deyiladi.


7. Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgilarini ayting.
Moliyaviy munosabatlarning boshqa iqtisodiy munosa-batlardan farqlanuvchi xarakterli belgilaridan biri shundaki, ular yordamida amalga oshiriladigan YaIMni qayta taqsimlash jarayonida oldindan ma’lum maqsadlarga mo’l-jallangan turli pul mablag’lari jamg’armalari (fondlari) yaratiladi. Davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag’lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xo’jalik sub’yektlari daraja-sida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi.



Yüklə 42,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin