19. Moliya yordamida amalga oshiriladigan YaIM va MDni taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadini tushuntirib bering. Moliya yordamida amalga oshiriladigan YaIM va MDn taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining yuqori turmush darajasini ta’minlashdan iboratdir. Bu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori natijalarga erishish, moliya-xo’jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xo’jalik yurituvchi sub’yektlar har bir xodimi va jamoa-sining moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga yo’naltirilgan.
20. Moliyaning taqsimlash funksiyasi nimalarni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib beradi? Moliyaning taqsimlash funksiyasi:
xo’jalik sub’yektlari, aholi, davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantirishga;
xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlar-aro, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;
xo’jalik sub’yekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg’arishni amalga oshi-rishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi.
21. Moliya nazorat funksiyasining asosini nima tashkil etadi? Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag’larini taqsimlashda qanday nisbatlarning vujudga kelayotganligi, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o’z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amalga oshirilmasa, moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yo’qki, bu holat amaliyotda har ikkala funksiya harakati o’zaro muvofiqlashtirilishining zarurligidan dalolat beryapti.