tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini yara-tish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosa-batlari;
byudjet tizimiga soliqlarni to’lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lovlarni to’lash jarayonida davlat va fuqarolar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
to’lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
byudjet tizimining alohida bo’g’inlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
sug’urta badallarini to’lash va zararlarni qoplash, sug’urta hodisasi ro’y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari o’rtasida vujudga keladigan pulmunosabatlari;
korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari.