26. Takror ishlab chiqarish jarayoni o’z ichiga qanday bosqichlarni oladi? Takror ishlab chiqarish jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
ishlab chiqarish;
almashuv;
taqsimlash;
iste’mol.
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart bo’lib, ulardan hatto bittasi ishtirok etmasa, takror ishlab chiqarish jarayoni uzilib qoladi.
27. Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o’ziga tegishli bo’lgan daromadni qanday qismlarga bo’ladi? Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o’ziga tegishli bo’lgan daromadni quyidagi ikki qismga bo’ladi:
iste’mol fondi;
jamg’arish fondi.
Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, sug’urta to’lovlari kabi iqtisodiy vositalardan foydalangan holda individual va jamoa daromadlaridan o’zining hissasini (o’ziga tegishli bo’lgan qismni) ajratib oladi.
28. Jami ijtimoiy mahsulot va yalpi ichki mahsulotning bir-biridan farqlari, ularning afzallik va kamchilik tomonlarini aytib bering. ijtimoiy ishlab chiqarish o'zaro bog'langai va aloqada bo'lgan barcha individual ishlab chiqarishlarning yig'indisidir. Har bir individual ishlab chiqarish, uning sarmoyasi va resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir bo'lagidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya'ni turli omillarning harakati natijasida juda ko'p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo'lgan milliy mahsulot vujudga keladi.
Ilgari mamlakat bo'yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yigandisi yalpi ijtimoiy mahsulot deb atalar edi. Yalpi ijtimoiy mahsulotda yil mobaynida yaratilgan moddiy ne'matlar yig'indisi hisobga olinar edi, uni xizmat ko'rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma'naviy ne'matlar va xizmatlar hisobga olinmas edi. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar, yonilg'i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun'iy ravishda oshirib ko'rsatilar edi, iste'molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo'lar edi.
Mana shu takror hisoblashlarga barham berish uchun hozir milliy hisob tizimiga o'tilib, endi mamlakatda vujudga keltirilgan mahsulotlar, ya'ni tovarlar va xizmatlar yig'indisi yalpi milliy mahsulot deb atala boshladi. Yalpi milliy mahsulot deb ma'lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste'molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlarning bozor bahosidagi qiymati tushuniladi. Milliy mahsulot moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarining yillik mehnati faoliyatining umumiy samarasi bo'lib hisoblanadi. Ichki milliy mahsulot xam xuddi shu mazmunda tushuniladi.