1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar


Alisher Navoiy moliya fani va amaliyotini rivoj-lantirishda qanday xizmatlar qilgan?



Yüklə 42,95 Kb.
səhifə17/17
tarix26.09.2023
ölçüsü42,95 Kb.
#148900
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-Mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki -fayllar.org

61. Alisher Navoiy moliya fani va amaliyotini rivoj-lantirishda qanday xizmatlar qilgan?
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) “Hilo-liya”, “Vaqfiya, “Mahbub ul- qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) kabi qator asar-larida adolatli davlat, adolatli soliq masalalari bo’yicha o’z fikr-qarashlarini bayon etgan. Bundan tashqari, Alisher Navoiy katta saltanatning vaziri va bosh vaziri lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan davrida aholi uchun soliq miqdorining adolatli bo’lishi uchun kurashgan. Biz moliya haqidagi fanning tarkib topishida g’arblik olim va mutafakkirlarning xizmatlarini inkor etish niyatidan uzoqmiz. Haqiqatdan ham ular zamonaviy moliya nazariyasi va amaliyotining asoschilari hisoblanishadi. Bunga hech kim shubha qilayotgani yo’q.


62. O’zbek mutafakkirlaridan yana kimlar moliya faniga daxldor asarlar yozishgan?
Yusuf Xos Hojib tomonidan 1069-1070 yillarda yozil-gan “Qutadg’u bilik” (“Saodatga eltuvchi bilim”), Nosiriddin Burhoniddin o’g’li Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” (1310 yil) asarlari, Ulug’bek Mirzo (1394-1449) ning islohotlari ham mazkur sohada muhim ahamiyat kasb etadi.


63. O’zbek mutafakkirlarining moliya sohasidagi ta’limotlarini o’rganishga qanday sabablar to’sqinlik qilyapti?
Ular moliyaviy masalalar haqida fikr yuritishar ekanlar, insoniyat tarixida o’zlaridan oldin yaratilgan asarlar, g’oyalar va oldin hukmronlik qilgan podsholarning amaliy faoliyatlariga tayanishganligi negadir ko’pchiligimizning esimizdan chiqib qolmoqda.


64. 2016-2018 yillarda mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini o’rganish sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va bu borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida gapirib bering.
2016 yildan boshlab ajdodlarimiz merosini o’rganish-ga e’tibor yanada kuchaydi. Bu borada O’zbekiston Respu-blikasi Prezidentining qator farmon va qarorlari qabul qilindi, nufuzli tadbirlar o’tkazildi. Jumladan, Samarqandda 2017 yilning 28-30 avgust kunlarida YuNESKO shafeligida “Jahon tamadduni tari-xida Markaziy Osiyo Renessansi” mavzuida xalqaro ilmiy konferentsiya bo’lib o’tdi. Mazkur anjuman Markaziy Osiyodan etishib chiqqan olim va mutafakkirlarning tarixiy merosi-ni chuqur tadqiq etish ishiga xizmat qiladi.

2017 yil fevralda mamlakatimiz Prezidenti mazkur masala sohasidagi o’ta muhim hujjatga qo’l qo’ydi, unga muvofiq Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etildi.



2017 yil 24 mayda O’zbekiston Respublikasi Preziden-tining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ’ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 19gi qarori qabul qilindi. 2018 yil 16 aprelda imzolangan “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq Toshkent islom univer-siteti negizida O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi tash-kil etildi. Mazkur Farmonda “islom va jahon tsivilizatsiya-siga bebaho hissa qo’shgan ajdodlarimizning boy madaniy mero-sini chuqur o’rganish asosida yoshlarning ongu tafakku-rini shakllantirish” diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi: “Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, (ta’kid bizniki), xalqaro munosabatlar xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo’lgan sohalar bo’yicha malakali kadrlarni tayyorlashga, o’rta maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish bosqichlarida uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga, diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan yetakchi ta’lim va ilmiytadqiqot muassasasi hisoblanishi” ham qayd etildi.
http://fayllar.org
Yüklə 42,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin