1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar


Jamiyat hayotida moliya rolining oshib borishini nimalar belgilab beradi?



Yüklə 42,95 Kb.
səhifə11/17
tarix26.09.2023
ölçüsü42,95 Kb.
#148900
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
1-Mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki -fayllar.org

37. Jamiyat hayotida moliya rolining oshib borishini nimalar belgilab beradi?
Davlat apparatining shaklla-nishi, unga tegishli bo’lgan funksiyalarning kengayishi, xususan, doimiy qo’shinlarning tashkil etilishi, yo’l qurilishining joriy etilishi bilan jamiyatda moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik davlatlari daromadlarining asosiy manbalari kontributsiyalar, harbiy o’ljalar, natural soliqlar va boshqalar hisoblangan. Ma’lum bir mamlakatda ma’lum bir davr mobaynida aholining qandaydir guruhlari pul ko’rinishidagi soliq-larni to’lagan bo’lishi mumkin. Shunday bo’lishiga qara-masdan, quldorlik tuzumida pul ko’rinishdagi soliqlar faqat tasodifiylik xarakteriga ega edi. Xuddi shuningdek, natural xo’jalik yuritishga asoslangan feodalizmda ham pullik soliqlar ustuvorlik kasb qilgan emas.


38. Moliya qanday qilib umumiylik xarakteriga ega bo’ladi?
Jamiyatning tovar-pul munosabatlariga o’tishi munosa-bati bilan iqtisodiy kategoriya sifatida moliya umumiylik xarakteriga ega bo’ladi. Biroq, hatto ana shunday sharoitda ham davlat ehtiyojlarini qondirishning pulsiz xarakterga ega bo’lgan usullari saqlanib qolishi mumkin. Buning sodda va tushunarli misoli sifatida yoppasiga harbiy majbu-riyatni ko’rsatib o’tish mumkin.


39. Quldorlik, feodal va kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliyaning shakllanishi va taraqqiyoti qanday o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi?
Quldorlik va feodallj; tuzumlarga natural munosabatlar xos bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham asosan natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xo’jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi;


40. Muomalaga “finansi” (“moliya”) atamasini ilk bor kiritgan muallif kim?
Bu atama ilk bor frantsuz olimi J.Boden tomonidan 1755 yilda nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob” nomli asarida ishlatilgan.



Yüklə 42,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin