29. Jami ijtimoiy mahsulotning umumiy taqsimlanish tartibi qanday? Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi (o’tgan) tsiklida foydalanilgan mehnat qurollari va predmetlari qiymatini tiklash uchun mo’ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi tsiklida ham uning shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism mablag’larning egasi va ishchilar o’rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash nisbatlari asrlar davomida shakllanib, unda ishtirokchilarning har biri o’ziga tegishli bo’lgan qismni ko’paytirish maqsadida bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda bo’ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan so’ng esa almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib o’tadi.
30. Jami ijtimoiy mahsulot qanday ikki asosiy qismdan iborat?
31. Nega hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromad-larni chegaralab (cheklab) qo’ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o’sish bazasiga (asosiga) ega emas, deb qabul qilingan? Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromad miqdorlarini chegaralab (cheklab) qo’ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o’sish bazasi ham torayishi mumkin. Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni ham buziladi (izdan chiqadi). Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag’al qatlam-larini qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha ravishda majbu-riyatlarni o’z zimmasiga olsa, bu holda vaziyat o’zgarishi mumkin.
32. Iste’mol fondining tarkibiy qismlarini ayting. Istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat:
ijtimoiy iste’mol fondlari;
shaxsiy iste’mol fondlari.
33. Ijtimoiy iste’mol fondlarining asosiy qismi nima orqali amalga oshiriladi? Ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ishlatish asosan Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi.