1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja



Yüklə 281,36 Kb.
səhifə6/57
tarix30.11.2023
ölçüsü281,36 Kb.
#170077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
OBBII 1-qism

Godvin – nikohlar, uning asoschisi bo’lgan ingliz sotsial-monarxi U.Godvin (1756-1836) nomi bilan bog’liq. U bunday oilani ideal deb hisoblagan, chunki bunday oilalar, asosan, ota-onaning xohish-irodasiga ko’ra paydo bo’ladi, yoshlarning istaklari bunda inobatga olinmaydi. Bunday nikohlarda jinsiy yaqinlik ko’zda tutilmaganligi sababli, o’zaro hurmat va bir tom ostida alohida yashashga mo’ljallangan bo’ladi, er va xotin bir-birlarining oldida faqat ma’naviy jihatdan majburiyatlarga ega xolos. To’g’ri, bir qarashda bunday nikoh bizdagi sovchilik yo’li bilan quriladigan oilaga o’hshab ketadi, lekin bizda zurriyod qoldirish, birga yashash talab etiladi. Shuning uchun yigit va qiz bir-birlarini sevmagan bo’lsalar-da, nikoh o’qilayotganda ularning rizochiliklari so’raladi, javob ijobiy bo’lgach, ular chimildiqqa kiritiladi. Godvin tipidagi nikohlar ko’pincha O’zbekistonda keksalar o’rtasida rasmiylashtiriladi. Masalan, kampiridan uning qazosi tufayli juda bo’lgan otaxon o’zaro kelishuv natijasida o’zga bir beva ayolga uylanadi, ular o’rtasidagi munosabatlar o’zaro samimiyat, hurmat, qo’llab-quvvatlov, keksalikni bezashga yo’naltirilgan. Lekin bu oila o’zidan zurriyod qoldirish kabi haqiqiy oilaga xos funktsiyalarning barchasini bajarmaydi. Bunday oila Islom dini arkonlariga ham mos bo’lib, bu ikki keksa odamning bir-birlari umrlarini cho’zishga qaratilgan samimiy munosabatlari majmuidir.
Qo’shxotinlilik ham alternativ nikoh turlaridan biri bo’lib, bunda bir erkak ko’pincha hufyona o’z qonuniy nikohidagi ayoldan tashqari yana boshqasi bilan shar’iy nikohda yashaydi. Qo’shxotinlilik ko’proq Osiyo va Sharq mamlakatlari aholisiga xos deb hisoblansada, hozirda bunday oilalar hattoki, Rossiyada ham kuzatilmoqda. Lekin bunday oila turi qonunan man etilgan.
Oilaning ijtimoiy funksiyalari. Har bir oila ijtimoiy tizim sifatida jamiyat oldida ma’lum bir funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy funksiyalari haqida gapirganda, bir tomondan jamiyatning oilaga ta’sirini, ikkinchi tomondan esa umumiy ijtimoiy tizimida oilaning o’rnini, oilaning xal qiladigan ijtimoiy (jamoatchilik) funksiyalarini hisobga olish lozim. Oila quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv).
Albatta, bu sanab o’tilganlar hozirgi zamon oilasini asosiy funksiyalarining yagona klassifikatsiyasini tashkil eta olmaydi. Chunki ayrim manbalarda: naslni davom ettirish, tarbiyaviy, xo’jalik va o’zaro yordam kabi funksiyalar hozirgi zamon oilasining muhim funksiyalari sifatida ko’rsatib o’tilsa, yana boshqa oilashunos mutaxassislar hozirgi zamon oilasi funktsiyalarini: inson zotini davom ettirish, bolalarni tarbiyalash va xo’jalik funksiyalarini farqlaydilar. Shuningdek, oila funksiyalarini: bolalarni dunyoga keltirish, xo’jalik-maishiy, tarbiyaviy, oila a’zolari dam olish va uni tashkil etish, ma’naviy muloqot, jinsiy tarbiya jarayonidagi hamkorlik, uy xo’jaligini yuritish uchun zarur vositalarni ta’minlash, o’zaro moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash kabilardan iborat ekanligini ta’kidlovchi klassifikatsiyalar ham mavjud. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, oilashunos mutaxassislar tomonidan oilaning asosiy funksiyalari turlicha klassifikatsiya qilinmoqda.Bu o’rinda oila funktsiyalarini shunchaki sanab o’tish bilan kifoyalanmay, balki ularni bir tomondan odamlarning moddiy, xo’jalik-maishiy va ikkinchi tomondan emotsional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondiruvchi funktsiyalarga farqlash mumkin.
Shuni ham aytib o’tish joizki, hozirgi zamon oilasida emotsional va ijtimoiy-psixologik jarayonlarni qondirish funksiyasining ahamiyati ortib bormoqda. Hatto sof moddiy xarakterga ega bo’lgan funksiyalarda ham hissiylik ko’proq rivojlanib bormoqda. Hissiy, emotsional kontaktlarning ahamiyati shahar oilalarida kuchliroq ekanligi anglamoqda. Qishloq oilalari esa uy hayvonlari va tomorqa yerlarining borligi evaziga shahar oilalariga qaraganda jamiyatning ishlab chiqaruvchi bo’g’inligini, ishlab chiqaruvchilik funksiyasini ko’proq saqlab qolmoqda.
Insoniyat taraqqiyotning hozirgi bosqichida zamonaviy oilaning asosiy funksiyalari qatorida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv), felitsitologik kabilar.
Oila psixologiyasiga oid ilmiy adabiyotlarda oilaning quyidagi funksiyalari – jamiyat oldidagi vazifalari farqlanadi:
Oilaning hissiy-emotsional funksiyasi – bu uning o’z a’zolari o’rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o’rtasida mehr-oqibat, o’zaro g’amxo’rlik, bir-birini qo’llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir. Bu oila uchun juda muhim bo’lib, insonning ruhiy salomatligi aynan shu vazifani qanday bajarayotganligiga bog’liqdir. Oilaning ma’naviy-psixologik muhiti sog’lom deganda, aslida ana shu a’zolar o’rtasidagi iliqlik, samimiyat, o’zaro bag’rikenglikning mavjudligi, mehr-oqibat kabi insoniy hissiyotlarning ijobiyligi tushuniladi.

Yüklə 281,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin