1. mavzu: Oilaning ijtimoiy vazifalari va ularning о‘zaro bog‘liqligi Oila



Yüklə 125,62 Kb.
səhifə1/22
tarix08.04.2023
ölçüsü125,62 Kb.
#94830
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Документ Microsoft Office Word


1.MAVZU: Oilaning ijtimoiy vazifalari va ularning о‘zaro bog‘liqligi
Oila qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar ijtimoiylashuvi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, nuklear oila deyiladi) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.
Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga bogʻlangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib, guruhli oila paydo boʻlgan, lekin bu oilalarda hali er-xotin nikohi barqaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazifasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qon-qarindoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (yana qarang: Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).
Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mahsulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota huquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual oilaning oʻtmishdoshi — monogam oila vujudga kelgan (qarang: Monogamiya).
Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ijtimoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa oila jamiyat yoʻnalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼnaviy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek oilalari oʻzlarining mustahkamligi, saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mehr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi (qarang Oila tarbiyasi).
Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar oilani mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston hukumati oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko'ra, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi, u jamiyat hamda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari toʻgʻrisida" 1994-yil 22-avgustda farmon chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning koʻlami kengaytirildi. Oilani jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 1998-yilni "Oila yili" deb eʼlon qildi. Shunga asosan, oila manfaatlarini taʼminlash borasidaamalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻrisida davlat dasturi ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingan.
Oila jamiyatning asosiy instituti hisoblanishi, u tarbiya o’chog’i sifatida shaxsning shakllanishida muttasil ishtirok etadi. Oilaning ijtimoiy ahamiyatiga molik funktsiyasini ta’minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar, sub’ektlarning kamolot darajasi belgilaydi. Agar rollar, status va o’zaro hamjihatlik inqirozga yuz tutgan holatda oiladagi psixologik muhitni tasavvur qilishni o’zi murakkabdir. Oilada shaxslararo munosabatlarning o’ziga xos tomonlari uning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, bu holatni asoslovchi omillarni tadqiq qilishda 
quyidagicha yo’l tutishni lozim topdik:
Hozirgi zamon oilalarida inqiroz shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritish.Oilada shaxslararo munosabatlarda tenglikni ta’minlashning ijtimoiypsixologik mexanizmlari (fenomenlari)ni ochib berish.
Zamonaviy oilalardagi ijtimoiy psixologik muhit, u bilan jamiyatning o’zaro uyg’unligi, sub’ektlarning maqsad va maslaklarining birligi, qadriyatlar darajasining saqlanayotganligi, etnik va madaniy muhitning undagi munosabatlarda saqlanishi, avlodlar o’rtasidagi ziddiyatlarga barham berish, ijtimoiy kutishlar, rollar taqsimoti so’zsiz inqirozlarni 
oldini olishga puxta zamin hozirlaydi.
Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash, undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi. Quyida shu xususida mulohaza yuritiladi. 
Hozirgi zamon oilasi “monogam” oilalardan iborat. Yosh avlod hayotining ko’p qismini o’z oilasida o’tkazadi. Shu boisdan bola turmushning murakkab tomonlari bilan xuddi shu ota-ona  maskanida tanishadi. Shuninig uchun ham oila jamiyatning boshlang’ich yacheykasi sifatida bolalarning axloqi, yurish-turish, xatti-harakati, e’tiqod va dunyoqarashiga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi hamda ularni 
turmush qurishga tayyorlab borishi lozim. Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit va qizlar asta-sekin kamol topib boradilar. Hozirgi zamon oilasidagi an’analar va turli marosimlarnig ijobiy ta’siri kuchli bo’lib, 
xalqimizning o’zoq o’tmishidagi ahloqiy hislatlarini ifodalovchi mehmondo’stlik, insonparvarlik, xushfe’llik, iltifotlilik, bolajonlik, uy va hovlini ozoda saqlash, bog’u-rog’lar barpo etish, xalq sayillari 
va mavsumiy bayramlarini birgalikda o’tkazishda o’z ifodasini topadi. Psixologik muhit – bu guruhdagi, kolllektivdagi kishilarning psixologik holati, kayfiyati, munosabatlarini yig’indisidir. Psixologik muhitlar juda ko’p, ammo ularning barchasini ikki kategoriyaga, qulay va noqulay kategoriyalarga 
bo’lish mumkin. Gruppa yoki kollektiv muhiti quyidagilar bilan aniqlanadi: gruppa yoki jamoa uchun 
tashkil qilingan o’qish, mehnat faoliyatining har qanday turida qoniqqanlik, xodimlar va rahbarlar bilan bo’lgan munosabatlarda – o’zaro bir-birini tushunishdan, barqaror kayfiyat, emotsional holat, har kimning emotsional muvaffaqiyatining darajasidan jipslashganlikdan kollektiv a’zolarni boshqarish va 
o’z-o’zini boshqarishdagi ishtirokidan, faoliyat natijasidan qoniqqanlidir. 
Oiladagi psixologik muhit – boshqa har qanday gruppada bo’lgan qonunlardan tarkib topadi. Biroq oilada ish birmuncha murakkabroqdir. Unda kishilar o’z hayotining ko’proq qismini o’tkazadi. Ular bir-birlari bilan ko’proq samimiy tuyg’ular va munosabatlar orqali bog’langandir. Oila baxtining asosida oilaning psixologik muhiti yotadi. Oilaning psixlogik muhitiga er-xotinlarning ham, umuman kishilarga ham oila a’zolariga va bir-birlariga bo’lgan munosabatlari ta’sir qiladi. Sotsialog-psixologlar baxtli va baxtsiz oilallarda o’ziga va xotiniga bo’lgan munosabatlarning 
xususiyalarini aniqlaganlar. Ular qiziqarli faktlarga ega bo’ldilar. Oiladagi psixolgik muhit er-xotin qiziqishlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi, eng muhimi ularning ikkalasi ham qiziqish bilan 
hisoblasha bilishlarida va e’tibor bera bilishlaridadir. Er-xotin katta ijtimoiy muammo va talablar bilan yashaydigan oilalargina baxtli 
bo’lshlari mumkin. 



Yüklə 125,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin