1-mavzu: O’qitish vositalari



Yüklə 20,28 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü20,28 Kb.
#168204
  1   2
1-maruza


1-mavzu: O’qitish vositalari

Asosiy savollar:


1. Geografiya o’qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari
2. Geografiya ta’limi metodikasining boshqa fanlar bilan

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Pedagogika, didaktika, tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya, iqtisod va statistika, muammoli ta’lim, innovatsiya va integratsiya.


1-savolning bayoni:
Geografiya ta’limi metodikasi haqida tushuncha, uning maqsadi va vazifalari
Geografiya o’qitish metodikasi pedagogika fanlar tizimiga kiradi. Bu fan maktablarda tabiiy va iqtisodiy geografiya asoslarini o’qitish jarayonini o’rganadi. U umumiy dilaktika bilan bog’langan. Didaktika – ta’limning mazmunini, o’quv jarayonini va tarbiyaning asosiy qonuniyatlarini o’rganadigan nazariy fandir. Ammo u alohida fanlarni o’qtish bilan shug’ullanmaydi. Alohida fanlarning o’qitish metodikasi bilan maxsus pedagogika fanlari shug’ullanadi.
Pedagogika kishi tarbiyasi haqidagi fandir. Tarbiya mohiyatini, maqsadlarini, vazifalarini va qonuniyatlarini, ta’lim jarayoni qonuniyatlarini aniqlab beradi. Pedagogika tarbiya nazariyasini, didaktika va maktabshunoslikni o’z ichiga oladi. Pedagogika fani quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: a) maktabgacha yoshdagilar pedagogikasi; b) maktab pedagogikasi; v) hunar-texnika ta’limi pedagogikasi; g) Oliy ta’lim pedagogikasi; d) harbiy pedagogika; j) pedagogika tarixi.
Geografiya o’qitish metodikasi umumiy va xususiy bo’limlardan iborat. Umumiy pedagogika o’z navbatida tabiiy va iqtisodiy geografiyani o’qitish metodikasiga bo’linadi. Xususiy metodika asosan maktab geografiyasining alohida kurslarini o’qitish usullari bilan shug’ullanadi.
Umumiy metodika – bu geografiyaning didaktikasidir, ya’ni uning umumiy nazariy qismi bo’lib, geografiya o’qitish jarayonini umumiy masalalari bilan shug’ullanadi. Umumiy metodika nazariy va metodologik muammolarni o’rganadi – ya’ni predmetning o’zini, logikasini va ilmiy tekshirish usullarini o’ragandi, asosiy e’tiborni o’quv-tarbiya muammolarni ishlab chiqishga qaratadi.
Xususiy metodika – alohida kurslarni o’qitish metodikasi bilan shug’ullanadi, umumiy nazariy usullarni alohida kurslarni o’qitish jarayonida qo’llash muammolari bilan shug’ullanadi. Xususiy metodika asosan alohida kurslar bo’yicha o’quv-tarbiya jarayonlarini o’rganadi, alohida kurslarni mazmuni va tuzilishini ishlab chiqadi.
Bilish nazariyasi geografiya o’qitish metodikasining metodologik asosini tashkil qiladi va amaliy muammolarni tadqiq qiladi:

  • ilmiy tadqiqot usullari va fanning predmeti;

  • chet ellarda va O’zbekistonda geografiya ta’limi;

  • geografiya va uning alohida kurslari bo’yicha o’qitishning maqsadi va vazifalari;

  • geografik bilimlarni egallashda ta’lim va tarbiyaning birligi;

  • o’quvchilarda geografik bilim, ko’nikma, malaka va dunyoqarashni shakllantirish;

  • geografiya ta’lim jarayoning qonuniyatlari.

Geografiya o’qitishning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

  • geografiya o’qitishning maqsadi;

  • geografiya ta’limining mazmuni;

  • geografiya o’qitishning usullari;

  • geografiya ta’limini tashkil qilish;

  • o’quchilarning yosh xususiyatlari va bilish imkoniyatlarini e’tiborga olish;

  • geografiya ta’limining natijalari va hakozo.

Geografiya o’qitish metodikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • har bir maktab geografiya kursining sinflar bo’yicha maqsadi, mazmuni va ahamiyatini belgilash, ular mazmunini takomillashtirish;

  • o’quvchilarning yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda o’zlashtirishga imkon beradigan ta’lim yo’llarni aniqlash;

  • o’quvchilarda amaliy ko’nikma va malakalarni singdirish imkoniyatlarni aniqlash;

  • ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatini oshiradigan va mustaqilligini ta’minlaydigan samarali usullarni aniqlash;

  • geografiya fanining umumiy va politexnika ta’lim tizimidagi, o’quvchilarni mehnatga o’rgatish, ularga axloqiy, estetik tarbiya berish vazifalarini ochib borish;

  • ta’limni tashkil etish turlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;

  • sinalgan usullarni takomillashtirish;

  • darslik va boshqa o’quv qo’llanmalariga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish;

  • kurslar bo’yicha o’quv qurollariga bo’lgan talablarni ishlab chiqsh va ulardan foydalanish metodikasini yaratish;

  • fakultativ kurslar dasturlarini yaratish.


Yüklə 20,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin