1: Mavzu: O‘simliklarning areallari reja O`simliklar geografiyasi faniga kirish


O‘simliklardagi o‘zaro ta’sir, raqobat



Yüklə 201 Kb.
səhifə10/11
tarix20.11.2023
ölçüsü201 Kb.
#161880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.Mavzu.O‘SIMLIKLARNING AREALLARI

O‘simliklardagi o‘zaro ta’sir, raqobat
O‘simliklar tabiatda jamoalar hosil qilib o‘sishiga ko‘ra ularning tarqalishi faqat ekologiya muammolar bilangina emas fitotsenologikni ham xal qilishlari lozim.
O‘simliklar tabiatda alohida bitta bittadan yakka xolda ham o‘sadi, boshqacha aytganda shunday joyda o‘sadiki u uchun boshqa o‘simliklar tomonidan raqobat yo‘q. Bunga yaqqol misolida Namib cho‘lidagi velvichiyani (Welwitschia mirabilis) kitoblarda keltiriladi. O‘simlikning bittasi atrofida xech qanday boshqa turlari bo‘lmagan joyda o‘sishga yaqqol misol. Haqiqatda ham shunday. Qandaydir bir sabab bilan bir o‘simlikning urug‘ini unishi uchun minimal sharoit yuzaga kelganda unganidan keyin vaqtlar o‘tishi bilan shu joyda uning, shu turning o‘zini jamoasi hosil bo‘ladi. Mana shunday bir turni o‘zidangina jamoa o‘simliklar orasida alohida xolat.
Odatda bunday jamoa katta maydonni egallamaydi. Ko‘p xollarda jamoa bir necha turlardan iborat bo‘ladi va ular hudud yorug‘lik, oziq uchun raqobatda birga bo‘ladilar. Iqlimiy, tuproq sharoitlari mazkur o‘simlik uchun ma’qul bo‘lgan hududlar ularni o‘sib, rivojlanib arealini kengaytirish imkonini beradi. Aslida, o‘simlik o‘sib turgan vaqtida egallagan arealidan tuproq va iqlimiy sharoitlari uni o‘sishi uchun sharoit yaratadigan biz potensial deb ataydigan areali kattaroq.
Bog‘dorchilik, o‘rmonchilikdagi qo‘llanilayotgan amaliyot raqobat o‘simliklarning o‘sishini cheklashni yaqqol isbotidir. Qaysidir floraning tarkibiga kirmagan ko‘plab turlar bog‘larimizda uning raqobati yo‘qligidan yaxshi o‘smoqda.
O‘simliklarning changlanishi va tarqalishi hayvonlar orqali
Hozirgi zamon Yer florasi asosan gulli (yopiq urug‘li) o‘simliklardan iboratligi va ulardan asosan o‘simliklar qoplami tashkil topganligini aytdik. YOpiq urug‘li o‘simliklarning ko‘pchiligini gullari hasharotlar yordamida changlanadi. SHu boisdan ishtirok etadigan hayvonlar orasida tabiiyki o‘zaro tig‘iz munosabatlar shakllangan. U yoki bu zoofil tur- o‘simlik tegishli changlatuvchi hayvonlar bo‘lgan joylarda o‘sadi.
Hayvonlarni o‘simlik gullariga kelishining sabablari changlanishga bo‘lgan guldagi moslanishlar va shu kabilarni o‘z ichiga olgan biologiyaning maxsus tarmog‘i-gullashbiologiyasi ham paydo bo‘lgan. Zoofiliya qay tarzda o‘simliklarni tarqalib areallar hosil qilishiga sabab bo‘ladigan, bu xolatga olib keladiganlar haqida ma’lumotlar kam.
O‘simlikning mazkur turini changlatuvchi bilan o‘zaro munosabatlari mavjud. Zero, salabdoshlar (orxideyalar) gullari shunday maxsus tuzilishlarni hosil qilganki ular ba’zi hasharotlar bilangina changlanadi.
O
Хайвонларга ёпишиш билан тарқаладиган мевалар
rxideyalarda gullash davri juda ko‘pchiligida uzoq muddat davomida changlanishini kutib 2-3 oygacha so‘limay turadi. Bunday xolat vanda, odontoglossum, onsidium turkumining turlarida ro‘y beradi. Ba’zan gullash vegetatsiya davrining hamma davrida davom etadi, yangi novdalari keyingi yili hosil bo‘ladi. Ko‘p xollarda gullari tanasidan uzoqda hasharot oson ko‘radigan xolda joylashadi. Aksincha, to‘pgullar substrat bo‘ylab joylashib uyada ketayotgan hasharot orqali changlanib qolishga “harakat” qiladi. C
hang donalari bu oilaga mansub o‘simliklarning turlarida o‘zaro bog‘lanib qolganligi tufayli ular havo oqimi bilan tarqalaolmaydi. SHu boisdan orxediyalar faqat hayvonlar (hasharotlar va qushlar) yordamida changlanadilar. K. Dodson (1966) ma’lumotlari bo‘yicha ularga mansub turlarning asosiy qismi (50%)pardaqanotlilar (Hymenoptera) bilan (nektar tutganligi) changlanadi. Ikkinchi o‘rinda (18%) tangachaqanotlilar (Lepidoptera) ayniqsa tungi kapalaklar bilan, uchinchi o‘rinda (12%) ikkiqanotlilar (Diptera) yordamida changlanadilar.
Hasharotga taklif etiladigan mahsulot bu nektar. Ayrim orxideyalarda nektar ancha chuqurda joylashadi. Uni olish uchun hasharotda tegishli moslama bo‘lishi kerak. Bunday moslama ksantopan turkumidan (Xanthopan morgani-praedicta) hasharotda spiralga o‘ralgan yozilganda 22,5 sm keladigan xartumi orqali nektarni oladi, bu bilan gulni changlaydi ham (6 tom 35, 40 tabl.rasmi zarur).
Orxideyalar haqidagi fikrlarni davom ettirib ular o‘simliklar olami orasida, oqsuyaklar-aristokratlar degan nom olganligini ular kishilarning ma’naviy olamini xuddi san’at asarlari kabi boyitadi. Orxideya-qush, orxideya-kapalak, -gnomlar, -kaltakesaklar, -baqalar, -o‘rgimchaklar, -meduzalar, -laylaklar. Bunday g‘ayrioddiy ko‘rinishlar, bunday go‘zallik, iforlar yana qayda bor. Chiroyi va g‘aroyibligiga ko‘ra ko‘plab mamlakatlar orxediyalarni o‘zlarining milliy simvoli sifatida ta’kidladilar. Orxideya-kabutar yoki orxideya-svyatoy dux (Peristeria elata). Qorday oppoq bu gulning o‘rtasida biroz qanotlari ko‘tarilgan kaptar borday ko‘rinadi. Panama mamlakatining milliy guli, Meksikaning aborgenlari hozir ham bu gulga sig‘inishadi.kattlsi turkumining turlari Kosta-Riki va Venesuela mamlakatlarining, likasma (Lycaste)-Gvatemalaning milliy guli.
Tropik va subtropiklardagi o‘simliklarning changlanishida qushlar ishtirok etadi. ma’lumotlarga ko‘ra 2000 turga yaqin qushlar gullarni changlanishiga yordam beradi. Bunday xolatga ornitofiliya deyiladi. Ular Afrikada Sahroi kabirning janubiy hududlarigacha, Osiyoda Erongacha, Pokistonning g‘arbi va Xitoyning janubigacha hamda Avstraliya, YAngi Zelandiya va tinch okeanning arxipelaglari Solomon orollarida uchraydi. Bu asalso‘rarlar (Meliphagidae)va nektarxo‘rlar (Nectarinidae), banan (Musa), gibiskus (Hibiscus), eritrina (Eritrina), lorantis (Loranthus), bombaks (Bombax) va shu kabi turkum o‘simliklarni changlatishda ishtirok etadi.
Qush-changlatuvchilar orasida Amerikada yashaydigan kolibri (Trochilidae) muhimlaridan hisoblanadi. U faqat tropiklarda emas, salqin, mo‘‘tadil iqlimli hududlarda ham tarqalgan.

Yüklə 201 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin