1: Mavzu: O‘simliklarning areallari reja O`simliklar geografiyasi faniga kirish


Tuproqning o‘simliklarni tarqalishiga ta’siri



Yüklə 201 Kb.
səhifə9/11
tarix20.11.2023
ölçüsü201 Kb.
#161880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.Mavzu.O‘SIMLIKLARNING AREALLARI

Tuproqning o‘simliklarni tarqalishiga ta’siri
O‘simliklar olami va tuproq bag‘oyat tig‘iz munosabatlarda bo‘ladi. Tuproqni tuproq sifatida shakllanishi o‘simliksiz bo‘lmaydi. Tuproq ham o‘z navbatida o‘simliklar uchun oliy darajadagi muhin bo‘lib unda oziq moddalar va namlik bo‘ladi. O‘simliklarning tarqalishidagi asosiy tip tuproqlarning aloqadorligi mavjud. Har ikkalasi iqlimiy sharoitsiz mavjud emas.
Sho‘rlangan tuproqlarning o‘simliklari. O‘simliklarni umuman olganda tarqalishi va tuproq omillari orasida yaqqol namoyon bo‘ladigan bog‘liqlik mavjud. Tuproqning biror omili ekstermal hisoblanadi. Buni sho‘rlangan tuproqlarda tarqalgan o‘simliklar yaxshi namoyon qiladi. Ularning tarqalishida umumiylik ko‘p. Adabiyotlar ma’lumotlariga ko‘ra zubturum turkumining bir turi (Plantago maritima) odatda sho‘rlangan o‘tloqlarda o‘sadi. Uning eng ko‘p tarqalgan joyi Markaziy Osiyoga to‘g‘ri keladi. Turon floristik viloyatining sharqiy qismida sho‘rlangan tuproqlar ko‘p. Bu yerlardan mazkur zubturum turi g‘arbga tomon tarqalgan. U O‘rtaer dengizi, Atlantika okeani va Baltika dengizi qirg‘oqlarida va xatto Arktika qirg‘oqlarigacha kirib borgan. Uni Evropaning dengizdan uzoq sho‘rlangan tuproqlarida ham uchratish mumkin. Xuddi shunday tarqalish soleros (Salicornia enropea), sveda (Suaeda maritima), sutchil (Glaux maritima), sho‘rak (Salsola kali), ermon (Artemisia maritima), sho‘ra (Atriplex lituralis) kabi tur o‘simliklarida ham ko‘rish mumkin. Bu o‘simliklarning tarqalishida iqlim omillarining ta’siri ikkinchi darajaga tushib qolgan.
Ayrim tur o‘simliklarning bir me’yorda o‘sib rivojlanishi uchun tuproqda osh tuziga ehtiyoji bor. Bunday o‘simliklarni galofitlar deb atashadi. Bunday sharoitda o‘sadigan o‘simliklar boshqa turlar bilan raqobatga muhtoj emas, shu boisdan ular barq urib o‘sadi.

Кремнийли ва оҳактошли тупроқлардаги ўсимликлар
Og‘ir metallar tutgan tuproq o‘simliklari. O‘simliklarning tuproqda og‘ir metallar tutgan joylarda ham tarqalishi ekstermal sharoitlar bilan bog‘liq. Bunday bog‘lanish bu xodisani uncha katta bo‘lmagan hududlarda darrov ko‘zga tashlanadi: tegishli o‘simliklarni xatto “tuproqindikatorlari” deb atashadi. Og‘ir metallar mis, qo‘rg‘oshin, ruh kabilarning tuzlari ko‘pchilik o‘simliklar uchun zaharli hisoblanadi. Uncha ko‘p bo‘lmagan turlar (yoki kenja turlar va tu xillari) borki ular bunday og‘ir metallarning tuzlari bo‘lgan joylarda ham o‘sib boshqa o‘simliklar tomonidan raqobatni sezmaydilar. Masalan, minuarsiya (Minuartia verna) misli birikmalarni yer ustiga chiqib qolgan joylarida, armeriya (Armeria maritima), silena (Silena vulgare)tarkibida ruh elementining birikmalari bo‘lgan tuproqlarda o‘sadi. Bundan tashqari qiyin eriydigan, juda sekin parchalanadigan magniy silikat bo‘lgan tuproqli sharoitlarda o‘ziga xos flora shakllanganligini ko‘rishgan. Ikkita paparotnik – Asplenium adulterinumvaAsplenium cunefoliumfaqat shunday joylarda o‘sadi xolos. SHuni ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan o‘simliklar og‘ir metallar tutgan tuproqlarda tarqalganligi bilvosita emas, bunday joylarda boshqa turlar tomonidan raqobatchilarning yo‘qligi ham ahamiyat kasb etadi.
Ohakli tuproq o‘simliklari (kalsefillar). Ohaktoshli tog‘ jinslari yer yuzasiga chiqib qolgan joylarni silikatli jinslar bilan chegaralangan joylarida flora tarkibida keskin o‘zgarishlar bo‘lgani kuzatiladi. Ohakli va silikatli tuproqlarda o‘zaro yaqin qarindosh bir birini almashlaydigan alohida turlar o‘sadi.
Kalsefil deb ataladigan turlar tarkibida kalsiy birikmalari ko‘p bo‘lgan tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklarning turlari juda ko‘p. Mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, ko‘pchiligi o‘zining tarqalgan arealida umuman ohak bilan bog‘lanmagan. Bunday aloqadorlik arealning alohida joylarida kuzatiladi. Bu xolat ofris (Ophrys insectifera)turida yaqqol namoyon bo‘lgan. Bu o‘simlik-orxediya unumsiz va ohak er yuzasiga yaqin joylarda tarqalgan. Xuddi shunday xolatni viburnum (Viburnum lantana) o‘simligida ham ko‘rish mumkin. Bir qator hududlarda bu o‘simliklar tuproqda ohak ko‘pligini bildiruvchi indikator bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda o‘simliklar tuproqlarning tarkibidagi kalsiy bilan bog‘langan xolda tarqalganligini emas, uning fizikaviy xususiyatlari bilan bog‘liq xolda hamda ohak ta’sirida tuproqning kislotaligini o‘zgarishi tufayli tarqalgan degan xulosa ham qilinishi mumkin.
O‘SIMLIKLARNI O‘RAGAN TIRIK OLAM
O‘simliklar o‘sib turgan sharoitning kimyoviy, fizikaviy omillarini ta’siridagina emas ularning atrofdagi tirik mavjudotlarning ham ta’sirida bo‘ladilar. Geobotaniklar bunday omil sifatida odamlarni nazarda tutadilar. Uni bilvosita va bevosita flora va o‘simliklar qoplamiga ta’sirini hisobga oladilar.

Yüklə 201 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin