1: Mavzu: O‘simliklarning areallari reja O`simliklar geografiyasi faniga kirish


Qanotsimon o‘simtali mevalar va urug‘lar



Yüklə 201 Kb.
səhifə8/11
tarix20.11.2023
ölçüsü201 Kb.
#161880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.Mavzu.O‘SIMLIKLARNING AREALLARI

Qanotsimon o‘simtali mevalar va urug‘lar. Shamol bilan uzoqlarga uchib ketadigan uzun tukli mevalar va urug‘lar ham bor. Bunday urug‘ va mevalarning soni juda ko‘p, biroq ularning xilma xilligi ko‘p emas. Bunday “uchma”larning tuzilishidagi muhimi shamol ta’sir qiladigan yuzani kattaligidir, bu bilan ularni havodan erga tushish tezligi pasayadi.
Bunday moslamali urug‘ va mevalarning og‘irlik markazlari doimo pastdaligidan uchish parashyut kabi bo‘ladi. Urug‘ va mevalardagi uzun tuklar kokil deyilib boshoqdoshlarda masalan oddiy qamishda (Pragmitus communis), xloldoshlarda, murakkabguldoshlarga mansub o‘simliklarning ko‘pchilik turlarida bor. Tol (Salix), terak (Populus), kiprey (Epilobium) o‘simliklarning urug‘larida ham kokil bor.
Zont-soyabon ko‘rinishidagi uchmalar kokillardan kam farqlanadi. Bunday moslama murakkabguldoshlardan qoqio‘t urug‘ida hammamizga tanish.
Kokilsimon va parashyutli moslamalar meva yoki urug‘larni havoda uchib tarqalishini ta’minlovchi oliy darajadagisi hisoblanadi. Ular 90-120 km masofalargacha uchib boraolganligi tufayli bunday moslamali o‘simliklarni tarqalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Perekati-pole” (yumalab tarqalish). Cho‘llar va sahrolarda ayrim o‘simliklar urug‘, mevalari etilganidan keyin urug‘i bilan tanasi to‘la qurib shamol bilan er osti qismidan uziladi, bu davrga kelib u shamol ta’sirida yumalab ketaboshlaydi. Shamol kuchayganda sakraganidan urug‘lari to‘kilaboshlaydi. Bundan tipda tarqalish qatron (Crambe tataria), sverbiga (Buniaseuropaen), kachim (Gypsuphylla paniculata), salsola (Salsola postifera) o‘simliklarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Suvning o‘simliklarni tarqalishiga ta’siri
Harorat va shamolning ta’siri kabi, suvning o‘simliklarni tarqalishiga ta’siri turlicha namoyon bo‘ladi. Harorat kabi yog‘ingarchilik ham Yerda o‘simliklarning tarqalish mintaqalarini yuzaga kelishida ta’sir qiladi. Bu bilan yog‘ingarchilik o‘simliklarni tarqalishiga bilvosita ta’sir qiladi, areallarining chegaralishidagi ishtiroki ham kam. Bu gaplar avvalo gumid mintaqaga tegishli.
Suv qirg‘og‘i va botqoqlik o‘simliklari uchun suv o‘sish muhiti xech bo‘lmaganda muhit omilining xal qiluvchisi hisoblanadi. Suvda o‘sadigan o‘simliklarning floristik tarkibi tekislik, adir va tog‘larda o‘zaro katta farq qilmaydi, o‘xshashliklari ko‘p. Yil fasllari davomidagi yog‘ingarchiliklarning miqdori suvdagi o‘simliklar uchun xech qanday ahamiyati yo‘q. Suvda o‘sadigan o‘simliklar ko‘p xollarda katta hududlarda ba’zan bir necha iqlim mintaqalarini egallaydi. Bunga rdest (Potamogeton), urut (Myriophyllum spicatum), shoxbarg (Cerataphyllum gemersum), nayzabarg (Sagittaria sagittifolia), butoma (Butomus umbellatus) misol bo‘ladi. Daryo qirg‘oqlarida o‘sadigan o‘simliklar uchun suvning qirg‘og‘i o‘sish muhiti hisoblansa, suv ularning urug‘i, mevalarini oqizib tarqalishini ta’minlaydi.

Yüklə 201 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin