Vikarizm. O‘simliklar olamining tarqalishi, rivojlanishida yana bir xolat bor: agar biror o‘simlikning turi katta arealda tarqalgan bo‘lsa uning ayrim joylaridagi o‘simlikni rivojlanishida mustaqillik ro‘y beradi, buning natijasida tur ichidagi tabaqalashuv boshlanadi. Buning natijasi sifatida tur xili va kenja tur xatto yangi tur ham hosil bo‘lishiga olib keladi. Aynan shu tarzda turlar paydo bo‘ladi. O‘zaro yaqin qarindosh turlar bir birini almashtirib turgani tufayli (yuqoridagi tarzda) vikarizm deb atashadi. Bu xodisani umuman olganda geografik vikarizm deyishadi. Geografik vikarizm deyishni sababi ham borki o‘simliklardagi “almashinuv”larda ekologik vikarizm ham mavjud. O‘zaro yaqin qarindosh tur o‘simliklarini turli ekologiya sharoitlarda o‘sish bu-ekologikvikarizm.
Uzluksizvauzluklidizыonktiv areallar. O‘simliklar tarqalgan maydonlar turlichaligi kabi, areallarning hududlari (konturi) ham turlicha chizma ko‘rinishlarga ega. Agar o‘simlik o‘sayotgan sarhadni atrofi (hududi) uzilmaydigan-uzlukli tarzdagi chiziq bilan chizib o‘zaro bog‘lansa uzlukliareal deb ataladi. Ko‘p xollarda qaysi bir tur bir necha alohida hududlarda tarqaladi. Agar bu joy-hududlar bir biridan ancha uzoqda bo‘lsa, oraliqni bizning nazarimizdagi o‘simlik bir qator sabablarga ko‘ra egallayolmaydi. Bunday xolda gap dizyunktiv - o‘zaroajralganareal haqida gap bo‘ladi. Bunday xolat okean bilan yoki bu areallarni biri ikkinchisidan yuzlab kilometr masofa bilan ajralgan bo‘lishi mumkin. Arealda faqat tur emas xatto turkum va oila vakillari ham bo‘ladi.
Ko‘pchilik o‘simliklar o‘zlarining areallarini chekkasida ko‘p tarqalmaydi. Bunday chekka joylarda eksklavlar-asosiysidan ancha katta bo‘lmagan masofada uzoqligidagi maydonlar yoki alohida joylar bo‘lib ular asosiy, yopiq, tutash chiziqli arealdan chetda bo‘ladi. Bunday joylarni forpostlar deyiladi. Bunday hududlarni bo‘lishi arealda tarqalgan o‘simliklarni anada kengroq maydonlarga egallashga intilayotganidan dalolat beradi. Forpost va eksklavlar ko‘pincha relikt xarakterga ega.
Shunday qilib, o‘simliklarning tarqalgan hududi, sarhadlari doimiy, o‘zgarmas emas, ular doimo o‘zgarib, kengayib yoki torayib turadi. Bunday jarayonlar o‘simliklar olamining tarixiy rivojlanishda ro‘y berib turgan, hozir ham u davom etmoqda. Bunday jarayonlarni xorologiya o‘rganadi.