Kosmopolitlar. Bir qator tur o‘simliklar borki, ular ko‘pchilik qit’alarda tarqalgan. Ularni kosmopolitlar deb atashadi. Kosmopolitlarning qatoriga avvalo katta masofalarga tarqalaoladigan turlarni kiritiladi. Bunday xolat sporalari yordamida tarqaladiganlarida ro‘y beradi. Masalan, mog‘or zamburug‘larning sporalari hamma joyda uchraydi. Gap shundaki, ular rivojlanishlari uchun o‘zlariga zarur bo‘lgan sharoitni topaoladimi? Xuddi shuni bakteriyalar haqida ham aytish mumkin. Sporalari yordamida tarqalib ko‘payadigan o‘simliklarning orasida kosmopolitlar shunga qaramay ko‘p emas. Moxsimonlardan jigarmox marshansiya (Marchanthia polymorpha) deyarli butun dunyo bo‘ylab tarqalgan.
Paparotniklar orasida Pterdium aquilinum mumtoz misol sifatida keltiriladi. Hamma joylarda tarqalgan suv va botqoqliklarda o‘sadiganlariga bizda ham keng tarqalgan qamish (Phragmidium communis), bulduruqo‘t (Alisma plantago-aquatica), ryaska (Lemna minor) va rdestning turlari (Potamogeton) va boshqalari mansub. Bu o‘simlarning bunday keng tarqalishiga suvdagi qushlar sababchi, shunga qaramay suvning oqimi asosiy omil hisoblanadi.
Kosmopolitlar orasida ularning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan boshqa omil ta’siri ham bor. Hozirgi kunda oq sho‘ra (Chenopodium album), jag‘-jag‘ (Capsella bursa), ikki uyli va qichitqi (Urtica diaca va Urtica urens), qiziltasma (Polygonum aviculare), qo‘ng‘irbosh (Poa annua), zubturum (Plantago major) va boshqalarning deyarli butun dunyo bo‘ylab tarqalishiga odamlar sabab bo‘lgan. Shu boisdan, ularni antropogenkosmopolitlar deb atashadi.
E Вельвичия – Набиб чўлининг эндем ўсимлиги ndemiklar. Kosmopolitlarga qiyoslaganda butunlay qarama-qarshi xolat: qandaydir bir juda cheklangan hududda tarqalgan turlar hisoblanadi. Bunday endem turlar ko‘p xollarda qaysidir bir oroldagina, biror vodiyda yoki tog‘ tizmasidagina uchraydi. Shundaylardan biri afrikaning janubidagi Namib sahrosida o‘sadigan g‘aroyib velvichiya (Welwitschia mirabilis)o‘simliklar sistematikasida alohida o‘rin egallaydi.
Endem turlarga tabiiy tarzda chegaralangan hududlar ayniqsa boy. Bunday hududlarda flora uzoq muddat davomida ajralib qolgan xolda rivojlangan. Bunday hududlarga tog‘lar, orollar misol bo‘ladi. Orol materikdan qanchalik uzoqda joylashgan bo‘lsa, u ko‘p muddat ajralib qolgan. O‘rta dengizning Korsika va Sardiniya orollari materikdan uzoq muddatda ajralib turganidan undagi florani endemligi 5% ni Qrim orollarida endem turlar jami floraning 10% ni tashkil qiladi. Kanar orollarida u 36% ga etgan. Madagaskar Afrikadan 50 mln yil ilgari ajralganligidan endem turlar 66%, Yangi Zelandiyada 72%, Gavay orollarida esa bu ko‘rsatkich 82-90% dan iborat. Materiklardan ajralib qolgan bu hududlarda endemik turlargina emas, endem turkumlar, xatto endem oilalar mavjud. Orollardagi endemlarni o‘sha joyda tarixiy jihatidan yuzaga kelib shakllangan desa ham to‘g‘ri bo‘ladi. Ularni progressi endemiklar yoki noendemlar deyiladi. Xuddi shunday fikrlarni tog‘dagi endem taksonlar haqida ham haqida aytish mumkin.
Shuni ham alohida qayd etish kerakki, ularni materiklardan ajralib qolganligi yoki alohida tog‘ tizmasidaligi bilan izohlanmaydiganlari ham bor. Ayrim botanika bog‘lari, shaharlarda manzarali sifatida o‘stirilayotgan sharqiy Osiyo daraxti gingko (Gingkgo biloba) hozirgi paytda Xitoyning janubidagi Chjeszyan viloyatida inson aralashuvisiz o‘sadi. Arxeologiya qazilmalari guvohlik berishicha u yura, bor va uchlamchi davrlarda bitta turdan emas bir qator turlardan iborat bo‘lib shimoliy yarimsharning ko‘plab joylarida tarqalgan. Shunday qilib, uni hozirgi zamonda o‘sayotgan joydan aniqlangani, qadimda uning tarqalgan hududi ancha kattalikdan dalolat, shu boisdan Gingkgo biloba-relikt daraxt.
Xuddi shunday endemizm metasekvoyada (Metasequoia glyptostroboides) o‘simligida ro‘y bergan. 1944 yili balandligi 30 metrlisi Xitoyning janubidagi Sichuan o‘lkasining tog‘laridan aniqlangan. Metasekvoyani botanik olimlar bundan million yillar ilgari qirilib ketgan deb hisoblashgan edi.
Uchlamchi davrni yotqiziqlaridan kurrai zaminimizning turli hududlarida mamont daraxt (Sequoia) botqoq kiparisiga (Taxodium) o‘xshamagan yog‘ochlik qoldig‘i topilgan shu boisdan uni metasekvoya (meta-“oraliq”) deb atalgan .
Metasekvoyaning qoldiqlari shimoliy yarimsharda-Alyaska, Grenlandiya, Shpitsbergen, Yevropada, Sibirdan Sharqiy Osiyogacha topilgan. Hozir bu tur o‘simlik bor. Uning tarqalgan areali ancha cheklangan: bu o‘simlik turi-haqiqiy endem-relekt. Ilmiy adabiyotlarda bunday ma’lumotlar hozir ancha.