№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma
darslikdagi har bir 
mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari 
va o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik 
ko‘rsatmalar 
berilgan, 
har 
bir 
darsning 
maqsadi, 
darsda 
foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning 
mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar 
haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi 
o‘quv nashri. 


90 
Darsliklarning 
multimediali 
ilovalari
— 
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid 
materiallarni davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturiga mos ravishda 
yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning 
mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, 
animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni 
nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv 
fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega 
bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan 
interaktiv elektron axborot-ta’lim resursi. 
O‘quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va 
dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik 
va gigienik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari
o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va darslikning multimediali 
ilovalarini o‘z ichiga oladi. 
Pedagogika fanlari o'qituvchisining o'quv meyoriy hujjatlariga 
davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o‘quv reja, ishchi o‘quv reja, 
fanning o‘quv dasturi, fanning ishchi o'quv dasturi, o'qituvchining 
fanga doir taqvimiy- mavzuiy rejasi, ma’ruza va amaliy mashg'ulotlar 
ishlanmasi, darslik, o'quv uslubiy majmua kabilar kiradi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin