1-mavzu. Pedagogika va psixologiya ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari


Kompyuterning ishlash prinsiplari



Yüklə 44,42 Kb.
səhifə7/7
tarix10.09.2022
ölçüsü44,42 Kb.
#63535
1   2   3   4   5   6   7
1-maruza

4.Kompyuterning ishlash prinsiplari.
Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan -sichqoncha; -klaviatura; sistema bloki; -monitor; -klaviatura;-sichqoncha; -tashqi qurilmalar. Sichqoncha. Sichqoncha odatda ikki yoki uch klavishali bo`ladi: chap, o`ng va o`rta. Chap va o`ng klavishalar programma asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O`ng klavisha kontekst meny deb ataluvchi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst menyning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog`liq. O`rta klavisha hozirda xususan, varaqlash (Page Down, Page Up amaliga o`xshab) maqsadlari uchun qulay. Klaviatura. Klaviatura 101-105 klavishlardan iborat. O`z vazifalariga ko`ra klavishlar beshta guruhga bo`linadi: 1. Harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar. Ular oddiy yozuv mashinkalarning klavishlariga o`xshaydi. 2. Boshqaruvga oid klavishlar. 3. Funksional yoki amal klavishlar. 4. Kichik sonlar kiritadigan klavishlar. 5. Maxsus belgilardan iborat klavishlar. Eng katta guruh-birinchi guruh bo`lib, ular yordamida rus va lotin katta-kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo`lmagan klavishning nomi Spacerbar yoki Space deb ataladi va bo`shliq belgisini kiritishga mo`ljallangandir. Boshqa klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga (registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo`ljallangan. Pastki registrda kichik yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi. Rus alifbosidan lotin (ingliz) alifbosiga yoki aksincha, lotinchadan ruschaga o`tish siz ishlaydigan programmaga bog`liq. Masalan, WINDOWS da alifbo avtomatik ravishda tanlanadi. (Ekranning eng pastki qismida). Ekranga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus belgi bor, u kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab turgan bo`lsa, unda kursor o`chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning ustiga tushadigan to`rtburchakka o`xshaydi va matn kursori deb nomlanadi. Boshqarishga oid klavishlar har xil boshqarish vazifalarini bajaradi. Ayrim klavishlar, masalan: CAPSLOCK, NUMLOCK va SCROLL LOCK klavishlarining ishlash vazifasini o`zgartirib turadi. SHIFT, CTRL, ALT klavishlari boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi. Masalan, CTRL + ALT + F degani CTRL, ALT va F klavishlarini birdaniga bosishni bildiradi. F1 dan F12 gacha bo`lgan klavishlar funksional klavishlar deb nomlanadi. Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Bular 12 ta bo`lishiga qaramasdan, ko`pincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi. Odatda F1 klavishi yordamchi ma'lumotlarni olish uchun xizmat qiladi (Spravochnik). Num Lock (sonlarni saqlash)-sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni kiritishga yoki kursorni boshqarishga moslaydi. Sonlarni kiritish klavishlari ikki rejimda ishlashi mumkin: 1) sonlarni kiritishda,2) kursorni boshqarishda. Ikki holatning biridan ikkinchisiga o`tishni Num Lock (mahkamlash bilan) yoki Shift klavishi (mahkamlash kerak emas) bajaradi. Bunda Caps Lock klavishi sonlarni kiritish klaviaturasiga ta'sir ko`rsatmaydi. Sonlarni kiritish paytida sonlarni kiritish klaviaturasi kalkulatorning klaviaturasiga o`xshaydi. Sonlarni va arifmetik amallar belgilarini kiritish uchun qulaylik yaratadi. Sonlarni kiritgan paytda Num Lock chirog`i yonib turishi kerak, agarda Num Lockni ko`rsatuvchi chiroq o`chgan bo`lsa, ushbu kichik klaviatura bilan kursorni boshqarish mumkin. Ctrl (Control-boshqarish) - boshqa klavish bilan birga bosilganda, o`sha klavishning vazifasi o`zgaradi, ALT (Alternative-o`zgartiruvchi) - bu klavish ham boshqa klavishlar bilan birga bosilganda, o`sha klavishning ish vazifasini o`zgartiradi. Print Ssreen (ekrandagi chop etish) - ushbu klavish ekranda bo`lgan ma'lumotniprinterga chiqarib beradi. PAUSE (vaqtinchalik to`xtash) - ushbu klavish bosilganda kompyuter o`z ishini vaqtincha to`xtatadi.TAB (tabulyatsiya so`zidan) - faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn,hujjatlar haqida ketganda,kursorni o`ng tomonga, navbatdagi maxsusko`rsatilgan (belgilangan) nuqtaga (pozitsiyaga) suradi. Bu klavishning qulayligishundaki, uning yordami bilan jadvallar tuzish oson va matnni yozganda ham belgilangan pozitsiyadan boshlab terish mumkin. Klavishlarni yuqori registrdabosganda, kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin.BackSpace (Orqaga qaytish) - qaytarish klavishi. Bu klavisha yordamida, matn terish paytida, ekrandagi kursordan chap tomondagi xato terilgan belgilarnio`chirish mumkin. Kursorning o`zi esa bitta belgi chap tomonga suriladi.Enter (kiritish) - kiritish klavishi. Matn terish paytida ushbu klavish bosilsa,kursor yangi abzatsga (satrga) o`tadi.Caps Lock (bosh yoki kichik harflarga o`tish klavishi) - yuqori registrga o`tishimkonini yaratib beradi. Haqiqatda esa ushbu klavish faqat harflar terish klavishlariga o`z ta'sirini ko`rsatadi, bosh harflar kiritish imkonini yaratibberadi. Bu klavishni bosib ushlab turish kerak emas. Ishlovchiga qulaylikyaratish maqsadida klaviaturaning o`ng burchagida yonib turadigan indikatorlarjoylashgan. Bu indikatorlar rejimni ko`p vaqt davomida saqlab turadiganklavishlar bilan bog`langan. Shularning ichida bittasi Caps Lock ga tegishli.Scroll Lock (surishni saqlaydi) - bu klavish yordamida kursorni harakatgakeltirmoqchi bo`lsangiz, kursor ekranga sakraydi. Bu klavish ham o`z holatinimustahkamlash (fiksatsiya) bilan bajaradi.Shift (surish) - vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki aksincha, pastki registrdan yuqori registrga o`tish imkonini beradi. Hammasi Caps Lockklavishining holati bilan bog`langan. Bu klavishning xizmati vaqtinchalikbo`lganligi sababli, boshqa klavishlarning xizmatini o`zgartirish kerak bo`lsa, ularni bosish paytida Shift klavishi vaqtinchalik bosib ushlab turiladi.Quyida klavishlar va ular bajaradigan vazifalarni ko`rib chiqamiz.Ekranda ko`rsatilgan obyektni surish yoki ko`chirish. Ekranda ko`rsatilganobyektni topib, chap klavisha bosiladi va klavishani qo`yib yubormasdan,obyektni yangi joyga suriladi va sichqoncha klavishasi qo`yib yuboriladi.Windows muhitida ishlayotganda ekrandagi obyektlarni ham chap, ham o`ngtomonda joylashgan klavishalar bilan ko`chirish mumkin.Chap klavisha bosilganda, mo`ljallash bo`ladi, o`ng klavisha bosilganda esa aniqvazifa berish kerak bo`ladi.Sichqoncha yordamida quyidagi asosiy harakatni bajarish mumkin:Point-ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish;Slick-sichqoncha klavishasini bosib darhol qo`yib yuborish;Double click-sichqoncha klavishasini ikki marta tez bosish;Select-biror obyektni tanlash.Tanlab olingan tasvir, matn qismi yoki grafik simvollarni boshqa joygako`chirish (Drag and Drop texnologiyasi) mumkin. Buning uchun tanlabolingan obyekt ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko`chiriladi, so`ngra sichqoncha klavishasi qo`yibyuboriladi.Windowsda sonlarni kiritish klaviaturasini sichqoncha o`rnida ishlatish mumkin.Bunday holat har xil sabablarga ko`ra, sichqoncha ishlamay qolganda yuzberishi mumkin.
2.2 Kompyuterning qurilmalari .
Kompyuterning QurilmalariSistema blokiSistema bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) ko`rinishida ishlabchiqariladi.Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ularquyidagilardir:Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan)mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (ya'ni kontrolerlar, adapterlar, elektrmanbai bilan ta'minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy DiskDriver), qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver), faqat o`qish uchunmo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-Compact Disk Read OnlyMemory), shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Sistema blokiga uning parallel(LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulashmumkin.Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismibo`lib, u ma'lumotlarni berilgan programma asosida qayta ishlaydi.Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBMrusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan)mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o`z faoliyati mobaynida Intel-8080,80286, 80386, 80486, Pentium, Pentium Pro(professional) mikroprotsessorlariishlab chiqargan bo`lib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradiganPentium-3, Pentium-4 protsessorlarinigina bozorga chiqarmoqda, xolos. Shuni
aytish joyizki, bu protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shartemas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar, da ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo`lgan, Janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko`plab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, IBM kompyuterlariga moslik shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD, Cyrix, Celeron va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qo`llaniladi. Ammo boshqa firmalar ishlab chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan umuman aytganda kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng qo`llaniladi. Protsessorlarning tezligi megagerslar (Mgs) sekundda o`lchanadi. MMX Pentium protsessori. Intel firmasining keyingi avlod protsessori sifatida 1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiplication Extension) Pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu protsessor matritsalarni ko`paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo`lsa, keyinchalik MultiMedia YExtension-multimedia uchun kengaytma deb atala boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda ommaviy qo`llanilib borilayotgan kompyuterning multimedia (ovozi, grafik, tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko`tarish, multimedia amaliyotlarni tez bajarishni ta'minlashdan iborat. Bu amallar qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch o`lchovli grafikalarni tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko`paytirish va qo`shish amallarini ko`proq ishlatadigan amaliy programmalarda amallarni tezroq bajarishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko`proq matematik soprotsessorni talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlash bilan bog`liq masalalarni yechishda qo`llash maqsadga muvofiq bo`lsada, tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko`rsatadi. Hozirda rivojlanayotgan parallel algoritmlar va hisoblashlar uchun ham u qo`l keladi. Shu bilan birga bu protsessor suzuvchi vergul rejimidagi sonlar bilan ishlashni “yoqtirmaydi”. Bunday sonlar bilan ishlash uchun maxsus programma interfeysi mavjud. U Microsoft firmasining Direct 3D (3 o`lchovli interfeysi)dir. Shuning uchun ham uning hozirda ko`p tarqalayotganligiga ajablanmasa ham bo`ladi.
Bu mavzudan shuni anglash mumkinki kompyuterdan qanday sohalarda keng foydalanish mumkinligini,qanaqa qurilmalardan tashkil topganini,qanaqa turlari bor ekanligini va ularning imkoniyatlari,tuzilishi haqida bilib olish mumkin. ish stoli kompyuteri,shaxsiy kompyuter birinchi navbatda monitor ,klaviatura,sichqoncha va Sistema blokidan tashkil topgan.ish stolidagi kompyuterlarni,shaxsiy kompyuterlarni to’g’ri boshqarsak ulardan uzoq muddatli foydalanishimiz mumkin.Hozirgi kunda kompyuterdan barcha sohalarda keng qo’llanilmoqda. Shaxsiy kоmрyuterlarni fan va texnika, ishlab chiqarishning turli tarmоqlarida qo’llash amalieoti shuni ko’rsatdiki, hisоblash texnikasini tatbiq qilishda alоhida shaxsiy kоmрyuter emas, balki mahalliy hisоb-lash tarmоqlari ko’рrоq samara beradi.
Yüklə 44,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin