motivdir.qiziqishning faoliyat jarayonidagi roli benihoyat kattadir. qiziqishlar
shaxsni o‘zida bilim olish,va anglab yetish borasida hosil bo‘lgan ishtiyoqni
qondirish yo‘llarini va usullarini faol tarzda izlashga majbur etadi.
Shaxsning
yo‘naltirilganligini ifodalaydigan qiziqishning qondirilishi odamda uning so‘nishiga
olib kelmaydi, aksincha, uni qayta ko‘rgan, boyitgan va chuqurlashtirgan holda
bilish faoliyatining yanada yuksak darajasiga mos keladigan yangi qiziqishlarni
keltirib chiqaradi. qiziqishlar bilishning doimiy qo‘zg‘atuvchi mexanizmi sifatida
namoyon bo‘ladi. Shaxsning ko‘ngildagidek rivojlanishi qiziqishlar miqyosining tor
emas, keng bo‘lishini taqozo etadi. Qiziqishlar barqarorligi darajasiga ko‘ra ham
har xil bo‘lishi mumkin. Shaxsning asosiy ehtiyojlarini eng ko‘proq namoyon
qiladigan va shu boisdan ham uning psixologik tuzilishiga xos hislatlarga aylanib
qoladigan qizi qishlari barqaror hisoblanadi.qiziqishlarning baʼzan
barqaror
bo‘lmasligi katta yoshidagi o‘quvchilarning yosh xususiyati hisoblanadi.
Xulq-atvo‘rning muhim motivlaridan biri-eʼtiqoddir. Eʼtiqod-shaxsni o‘z
qarashlariga, printsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko‘rishga daʼvat
etadigan motivlar sistemasidir. Eʼtiqod shaklida namoyon bo‘ladigan ehtiyojlarning
mazmuni - bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar va ularning
muayyan
tarzdagi
tushunilishi
demakdir.
Bu
bilimlar
nuqtai
nazarlar
(falsafiy,estetik,axloqiy, va h.k.) ning tartibga solingan va ichki uyushgan
sistemasini tashkil etgan taqdirda kishining dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi
mumkin.
Motivlar, avvalo, anglanilgani bilan harakterlanadi. Boshqacha qilib
aytganda, motiv (sabab) lar paydo bo‘ladigan kishi uni faoliyatga nimalar daʼvat
etayotganini, uning ehtiyojlari qanday maʼno kasb etishini biladi. Lekin barcha
motivlar ham bu kategoriyaga kiravermaydi. Inson ishlari
va xatti-harakatlari
sababiyatining anchagina ahamiyatga molik jabhasi anglanilmagan motivlardan
tarkib topadi.
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘linishi.
Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili А.V.Petrovskiy inson
taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sotsial-psixologik nuqtai nazardan
yondashib, o‘ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida
yuksalish, yetuklikka intilish g‘oyasi yotganligi sababli bolalik, o‘smirlik,
o‘spirinlik davrlari yotadi, holos. А.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning
bir tekis jihatini olib o‘rgangan bo‘lsalar, bundan o‘laroq u shaxs shakllanishining
prosotsial (ijtimoiy qoidalarga rioya qilib) va asotsial (aksijtimoiy)
bosqichlari
mavjud bo‘lishi mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun
taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini sharhlab, uning birinchi turi bolalik
davriga to‘g‘ri kelib, ijtimoiy muhitga moslashish, ko‘nikish (adaptatsiya),
ikkinchisi - o‘smirlarga xos individuallashish (individualizatsiya), uchinchichi -
o‘spirinlik, yaʼni yetuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish
(birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi. А.V.Petrovskiy shaxsning
shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishini taʼkidlab o‘tadi.
1. Ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug‘ilgandan to 3
yoshgacha.
2. Bog‘cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha.
3. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha.
4. O‘rta sinf o‘quvchisi (o‘smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha.
5. Yuqori sinf o‘quvchisi (ilk o‘spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
А.V.Petrovskiyning klassifikatsiyasi qanchalik takomil darajada bo‘lmasin,
taraqqiyotning oraliq bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini
eʼtirof etishga moyildir. Chunki ijtimoiy qoidalarga binoan o‘sishmi yoki
aksilijtimoiymi unga qaramasdan, har ikki yo‘nalishning
ham oraliq jabhalari
bo‘lishi ehtimoldan holi emas, lekin bu g‘oyani chuqurroq sharhlab berish joiz.
D.I.Feldshteyn klassifikatsiyasi ham shaxsga ijtimoiy yondashuvga
asoslangan bo‘lsa ham, lekin u А.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi.
D.I.Feldshteynning fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita
katta taraqqiyot bosqichini bosib o‘tadi, ulardan biri - “
Dostları ilə paylaş: