1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari



Yüklə 472,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix30.03.2023
ölçüsü472,57 Kb.
#91428
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-Mavzu

Sosiometrik metod. Bu metod kichik guruh a'zolari o‘rtasidagi bevosita 
emosional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. 
Bunga Amerikalik sosiolog Dj.Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida 
muayyan guruh a'zolarining bir-birlari bilan munosabatini aniqlash uchun uning 
qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan malumotlar matrisa, 
grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlar 
guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi. 
Bu ma'lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi. 
Shuning uchun hozir Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan 
sosiometriyaning yosh davri psixologiyasiga moslab o‘zgartirilgan yangi turlari 
ishlab chiqarilgan. Bular shaxsning bir-birini tanlash motivlarini keng ifodalash 
imkonini beradi. Ayniqsa sosiometriyaning Ya.M.Kolominskiy ishlab chiqqan 
o‘zgartirilgan turi bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to‘laroq 
axborot beradi.
 
Shaxsni o‘rganishga turlicha yondoshuvlar va shaxs haqida umumiy 
tushuncha. 
Individ, shaxs, individuallik
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ 
ajralmas, alohida zot degan maʼno anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) 
tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog‘lom (esi-hushi joyida) 
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan 
aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb 
atash anʼana tusiga kirib qolgan, chunki o‘sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy 
munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‘la oladi.
Individ sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit taʼsirida 
keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy 

Yüklə 472,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin