Men jamiyat ichida” degan
pozitsiyadan iborat bo‘lib, u o‘ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi:
1) ilk bolalik - 1 yoshdan 3
yoshgacha,
2) kichik maktab yoshidagi o‘quvchisi davri - 6 yoshdan to 9 yoshgacha,
3) yuqori sinf o‘quvchisi davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozitsiya “
Men va jamiyat” deb nomlanib, u
quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:
1) go‘daklik - tug‘ilgandan to 1 yoshgacha,
2) maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha,
3) o‘smirlar - 10 yoshdan to 15 yoshgacha.
D.I.Feldshteyn boshqa tadqiqotchilardan farqli o‘laroq, o‘smirlik davrini uch
bosqichga ajratadi. Uning mulohazasiga ko‘ra, birinchi bosqich (10-11 yosh) o‘ziga
munosabatni kashf qilishdan iborat bo‘lib, o‘zini shaxs sifatida his qilish va qatʼiy
qarorga kelish bilan yakunlanadi. Ikkinchi bosqich 12-13 yoshdagi o‘smirlarni o‘z
ichiga olib, bir tomondan, o‘zini shaxs sifatida tan olish, ikkinchi tomondan, o‘ziga
salbiy munosabatda bo‘lish xususiyatiga ega. Uchinchi bosqich 14-15
yoshli katta
yoshdagi katta o‘smirlardan iborat bo‘lib, tezkorlikda o‘z-o‘zini baholashga moyil
munosabati bilan tavsiflanadi.
D.I.Feldshteynning shaxs rivojlanishi nazariyasi
ontogenezda yuz beradigan
barcha psixologik holat va fazilatni izohlab berish imkoniyatiga ega emas. Lekin u
taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga va takomillashtirish jarayoni (faoliyati) ga ijobiy
taʼsir o‘tkazish xususiyati bilan amaliy ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, hamdo‘stlik mamlakatlari psixologlari
tomonidan bir qator
puxta ilmiy-metodologik negizga ega bo‘lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari
ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda
shaxsning shakllanishi
qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo‘lib xizmat qiladi,
amaliy va nazariy
muammolarni yechishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Аmmo ontogenezda shaxsning
shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariya yaratish mavrudi
yetib keldi.
Mavzu yuzasidan nazorat topshiriqlari.
1. Individ, shaxs, individuallikni taʼriflang?
2. Shaxs haqida tushuncha bering?
3. Shaxsning psixologik mohiyati haqidagi nazariyalarni tushuntiring?
4. Shaxsning psixologik tuzilishi haqidagi nazariyalar (Z.Freyd, K.Platonov,
А.Petrovskiy va boshqalar nazariyalari)?
5. Shaxsning faoliyatini aniqlang.
6. Shaxsning yo‘nalishini belgilang.
7. O‘z-o‘ziga baho berish nima va u qanday paydo bo‘ladi?
8. А.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini nechta
bosqichlardan iborat deb
aytgan ?
9. D.I.Feldshteynning shaxs rivojlanishi nazariyasini ko‘rib chiqing ?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Muhammedova D.G‘, Mullaboyeva N.M, Rasulov A.I “Umumiy
psixologiya” psixologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik. Toshkent-2017
2.Ergash G‘oziyev Umumiy psixologiya. Psixlogiya mutaxassisligi uchun
darslik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti. Toshkent-2010
3. Myers.D.G Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010
4. Aliyev Islambek Tursunbayevich. Pedagogika va Psixologiya. O‘quv
qollanma. Toshkent-2012
5. Qodirov Obid Safarovich. pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish
metodikasi fanidan ma’ruzalar matni. Samarqand-2021