1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari



Yüklə 472,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix30.03.2023
ölçüsü472,57 Kb.
#91428
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
1-Mavzu

Donalash metodi tadqiqot ob'ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha 
o‘zgarishlardagi o‘ziga xoslik, o‘zaro aloqa, o‘zaro ta'sir va uyg‘unlikning o‘zaro 
bog‘lanishlari o‘rganiladi. Jumladan, inson xulqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, 
xotira, tafakkur jarayonlarining bir paytda, birgalikda tadqiq qilinishi bunga yorqin 
misoldir. Bunda har bir bilish jarayonining usuli ifodalanadi yoki uning ahamiyati 
alohida ta'kidlanadi, ularning o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi.
Empirik metodlar guruhi o‘z navbatida ikkiga, ya'ni asosiy va yordamchi 
metodlarga bo‘linadi. Asosiy metodlarga kuzatish va eksperiment metodlari kirsa, 
yordamchi metodlarga suhbat, sorovnoma, test, sosiometriya va faoliyat 
natijalarini tahlil qilish kabi metodlarni kiritish mumkin.
Kuzatish metodi - ikki xil bo‘lib, ob'ektiv (tashqi) va sub'ektiv (ichki) 
kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun 
quyidagilar amalga oshiriladi: 
a) kuzatishning maqsad, vazifasi belgilanadi; 
b) kuzatilayotgan ob'ekt tanlanadi; 
v) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 


g) kuzatish qancha davom etishi qat'iylashtiriladi; 
d) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘qish, o‘yin, mehnat, sport) amalga 
oshirilishi aniqlanadi; 
e) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tanlanadi; yo) kuzatilganlarni 
qayd qilib borish vositalari (kundalik suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, 
videomagnitafon) tayyorlab qo‘yiladi. Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning
diqqati, his-tuyg‘ulari, asab tizimining tashqi ifodalari, imo-ishoralari, 
sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati kabilar o‘rganiladi. Ammo o‘ta murakkab ichki 
kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq 
etishga bu metodning imkoni yetmaydi.
Masalan, o‘spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning 
irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish xususiyatlari, talabga intilish, o‘z 
harakatini idora qila olish yuzasidan materiallarni yig‘ish mumkin.
Tashqi kuzatishda ba'zan tafakkur bo‘yicha ham ma'lumotlar olish mumkin. 
Ish ustidagi kayfiyatni, chegradagi tashvish va iztirobni, sinchkovlik kabi ruhiy 
holatlarni kuzatib, tafakkurdagi o‘zgarishni aniqlash mumkin. Bundan tashkari 
qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi ham insonning ruhiyatidagi 
o‘zgarishlar bo‘yicha ma'lumotlar beradi. Psixologiyada o‘z-o‘zini kuzatish, ya'ni 
interospeksiya metodidan ham foydalaniladi, lekin bu psixologiyaning ilmiy 
bo‘lmagan metodi hisoblanadi.

Yüklə 472,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin