1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari


keltiruvchi psixik omillar, jarayonlar, holatlar, qonuniyatlar, xossalar



Yüklə 472,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix30.03.2023
ölçüsü472,57 Kb.
#91428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-Mavzu

keltiruvchi psixik omillar, jarayonlar, holatlar, qonuniyatlar, xossalar, 
vaziyatlar, xislatlar, fazilatlar, mexanizmlar to‘g‘risidagi fondir. Insonning 
shaxsiy xususiyatiga ega bo‘lgan xulq-atvori va faoliyati voqelikning miyadagi 
obrazlar yordami bilan boshqarilib turadi. 
Psixologiya va uning moddiy asosi. 


Psixikaning moddiy asoslari to‘g‘risida fikr yuritilganda, eng avvalo,u 
miyaning xususiyati ekanligini taʼkid etish joiz. Bilish jarayonlari to‘g‘risida gap 
ketganida, albatta sezgi, fikr, ong kabilar maxsus ravishda tashkil topgan 
materiyaning oliy mahsuli ekanligini uqtirish maqsadga muvofiqdir. Organizmning 
psixik faoliyati tananing ko‘p miqdordagi aʼzolarning yordami bilan ishga tushadi. 
Аʼzolarning ba’zi birlari taʼssurotlari qabul qilsa, boshqalari ularni signallarga 
aylantiradi, xatti-harakatlarning rejasini tuzadi hamda uning amalga oshishini 
nazorat qiladi. Shuningdek, ularning bir guruhi xatti-harakatga kuch-quvvat, g‘ayrat, 
shijoat baxsh etadi, yana bir turi esa mushaklarni, paylarni harakatlantiradi. Mana 
shunday murakkab funktsiyaning yig‘indisi ( majmuasi ) organizmning tashqi 
muhitiga moslashuvini, unga muvofiqlashuvini, hayotiy vazifalar ijro etilishi, 
bajarilishini taʼminlaydi. 
Organik olamning mikroorganizmdan to insonga qadar bir necha un million 
yil davom etgan evolyutsiyasi davomida xatti-harakatlarning, xulq-atvorning 
fiziologikmexanizmlari uzluksiz ravishda murakkablashib, tabaqalanib, buning 
oqibatida 
organizm 
muhitining 
o‘zgarishlariga tez reaksiya qiluvchan, 
moslashuvchan xususiyat kasb etib borgan.
Jumladan, bir xujayrali amyobaning hayot kechirishi ozuqa qidirish 
imkoniyati, o‘z hayotini muhofaza qilish qobiliyati muayyan darajada 
cheklangandir. Undagi yolg‘iz hujayraning o‘zi ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi 
ham ovqat hazm qiluvchi vazifalarni ijro etadi. Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan 
hayvonlarda aʼzolarning ixtisoslashuvi ozuqani ko‘rish, uni farqlash, xavf-xatarni 
tez sezish, aniq mo‘ljal olish imkoniyatini beradi. Ixtisoslashuvning asosiy 
funktsiyasi signallarni idrok qilishdan iborat hujayraning vujudga kelishida o‘z 
aksini topadi. Mazkur hujayralar retseptor deb nomlanish hujayralar turkumini 
yuzaga keltiradi. Hujayralarning boshqalari mushak tukumlari ishini, bezlarning 
shira ajratishini nazorat qiladi. Bunday hujayralar effektorlar deyiladi. Ixtisoslashuv 
aʼzolarni hamda funktsiyalarini bir-biridan ajratadi. Organizmning asosiy boshqaruv 
imkoniyati yaxlit narsa sifatida harakat qiladigan markaziy nerv sistemasi vositasi 
bilan erishiladi.
Nerv sistemasining asosiy usullari nerv hujayralari (neyronlar) hisoblanib, 
ularning funktsiyasi qo‘zg‘atishdir. Neyron hujayra tanachasidan, dentritdan, 
aksondan tashkil topadi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat.
Hozirgi zamon fanining ko‘rsatishicha, orqa miya va miya naychasi reflektor 
faoliyatining tug‘ma (shartsiz reflekslar) hisoblangan shakllari amalga oshiradi, 
katta yarim sharlarning qobig‘i esa hayotda orttirilgan, psixika yordami bilan 
boshqariladigan xulq-atvor shakllarning organi sanaladi. 
Miya katta yarim sharlari faoliyatining umumiy qonunlari I.P.Pavlov 
tomonidan kashf etilgan. Hozirgi zamon fiziologiyasi maʼlumotiga qaraganda, 


miyada hosil bo‘ladigan to‘lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga 
o‘xshab ketadi. Miyada elektroentsefalogramma ko‘rinishidagi kuchaytirgich 
yordamida yozib olish mumkin bo‘lgan elektr toklari paydo bo‘lishning kashf 
etilishi muhim ahamiyatga ega. Chunki kosmonavt miyasining biotoklari yozuvchi 
uning markaziy nerv sistemasida yuz beradigan o‘zgarishlar ko‘rsatkichi bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig‘i sirtining peshona 
qismlari alohida rol o‘ynaydi. Psixik funktsiyalar muayyan tarzda chap va uning 
yarim sharlar o‘rtasida taqsimlanishi chuqur o‘rganilgan. Maʼlumki, psixikaning 
mazmuni tirik mavjudot o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tashqi olam bilan 
belgilanadi. Shuning uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy 
biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot 
davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir. 
Psixik va nerv fiziologik jarayonlarining o‘zaro munosabati masalasi 
murakkab muammolardan hisoblanadi. Psixikaning o‘ziga xos xususiyatlari nerv 
fiziologik qanday muhim belgilari bilan farqlanishini aniqlash katta ahamiyatiga 
ega. Аgarda mazkur o‘ziga xoslik mavjud bo‘lganida edi, u holda psixologiya 
mustaqil bilim soxasi sifatida tadqiq etilishi ham mumkin emas edi. Psixik 
jarayonlar o‘zida ichki, fiziologik jarayonlarning emas, balki tashqi obʼektlarning 
tavsifini mujassamlashtiradi. 

Yüklə 472,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin