faqat birinchi signallar sistemasining signallari tarzida taʼsir o‘tkazadi yoyinki shaxs
uchun mutlaqo qiymatsiz, ahamiyatsiz narsaga aylanib koladi. Yuqoridagi
mulohazalardan qilib chiqqan holda psixika obʼektiv borliqning subʼektiv obrazning
voqilik tarzida miyada aks etishi deb baholash mumkin.
Psixikaning aks ettirish imkoniyatini to‘g‘ri, oqilona talqin qilish uchun bilish
nazariyasi, bilish manbalari, shakllari, uslublari, haqiqatni o‘lchash mezonlari,
vositalari, yo‘llari kabilarga ilmiy yondashish lozim. Psixikani o‘rganishda obʼekt
bilan subʼektning hamkorlikdagi xatti-harakatini hisobga olish shaxsning borliq
to‘g‘risidagi bilimlarning chinligi, inʼikosning o‘xshashligi muammolar yechimini
topishga puxta negiz hozirlaydi.
Psixologiya fani psixikani o‘rganishning tadqiqot metodlariga, yaqqol
vazifalariga, izlanishning rang-barang mavzulariga ega bo‘lib, vaziyat va shart-
sharoitidan kelib chiqqan holda ularga murojaat qiladi.
Psixika faollik xususiyatiga ega bo‘lib, u mayllarda, maqbul yechimni
qidirishda, xatti-harakat variantlari ehtimolligini hayoldan o‘tkazishda, undashda,
turtkillarda o‘z ifodasini topadi. Xuddi shu bois psixik aks ettirish ( inʼikos) sust
narsa emas, balki u harakat, xatti-harakat, taʼsir, o‘zaro taʼsir kabilarni tanlash,
qiyoslash, izlash, ajratish bilan bevosita alaqador shaxs faoliyatining muhim jabhasi
sanaladi.
P.K.Аnoxin va А.N.Berenshteyn nazariyalariga asoslangan holda psixikaning
mavjudligi harakatning izchil dasturini(programasini) tuzish, oldiniga ichki rejada
ish bajarish, xulq-atvordagi ehtimol ko‘rinishlarini tanlash, bosqichlarini amalga
oshirish tufayli harakat qilish imkoni tug‘iladi.
Tabiatshunos olimlarning mulohazalaricha, biologik evolyutsiya jarayonida
shaxs psixikasi xulq-atvorini boshqarishning alohida apparati tarzida paydo bo‘ladi,
sifat jihatidan o‘zgarib boradi. Ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabat, jamoaviy,
oilaviy turmush (hayot) qonunlari, qonuniyatlari taʼsiri ostida odamlar shaxsga
aylana boshlaydi ( ijtimoiylashuv natijasida), ularning har birida mikromuhitning,
kamol topgan tarixiy sharoitning izlari o‘z aksini qoldiradi. Umumiylik (etnik) bilan
xususiylik (shaxslilik) o‘rtasida o‘zaro uyg‘unlik hukm sursada lekin alohida
olingan insoniylik xulq-atvori, xatti- harakatlari shaxsiy xususiyat kasb etadi.
Yuqorida yuritilgan mulahazalardan kelib chiqqan holda psixologiya faniga
taʼrif berish mumkin.
Psixologiya – voqelikning miyada obraz tarzida yuzaga
Dostları ilə paylaş: