1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari


Psixologiya fanining vujudga kelishi



Yüklə 472,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix30.03.2023
ölçüsü472,57 Kb.
#91428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-Mavzu

Psixologiya fanining vujudga kelishi. 
Psixologiya fanining vujudga kelishi, shakllanishi, rivojlanishi to‘g‘risida 
batafsil maʼlumot berish ushbu kurs uchun shart emas, chunki uning psixologiya 
tarixi sohasi mavjuddir. Shunga qaramasdan, psixologiya fanining paydo bo‘lishi 
haqidagi ayrim ilmiy materiallar, maʼlumotlar yuzasidan qisqacha mulohaza yuritish 
maqsadga muvofiq. 
Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida qadimgi odamlar tabiiy 
hamda ijtimoiy extiyojlardan kelib chiqqan holda ibtidoiy jamoa aʼzolarning 
psixologik xususiyatlarini aniqlash, ulardan shaxslararo munosabatlarda oqilona 
foydalanish, o‘zining xatti-harakati, shaxsiy faoliyati va muomalaga kirishishida 
ularni hisobg olishga intilib yashab kelganlar. Kup ming yillik ijtimoiy tajribalarga 
asoslangan ravishda odamlar shaxsning individual ( lotincha individum – alohida, 
yakkahol odam) xususiyatlarini jon bilan boglashga va uning taʼsiri bilan izoxlashga 
harakat qilishgan. Qadimgi odamlarning tasavvurlariga qaraganda, inson tanasida 
jon joylashgan bo‘lib, u shaxsga oid xususiyatlar, xislatlarni vujudga keltirish 
imkoniyatiga ega emish. Qadimgi ajdodlarimizning “jon” to‘g‘risidagi tasavvurlari 
shunga bog‘liq, mutanosib tushunchasini keltirib chiqaradi va buning natijasida 
animizm ( lotincha anima – “jon” degani) taʼlimoti insoniyat tomonidan kashf 
qilinadi.Ibtidoiy xalqlarning tasavvurlarida ruh insonning tanasi bilan o‘zviy bog‘lik 
holda hukm suradi, go‘yoki yashaydi. Shuning uchun ijtimoiy hodisalar, hatto ong. 
Shuningdek, real voqeliklar ( o‘lim, uyqu, bexush bo‘lish, betoblik) kabilarni sodda 
tarzdagi moddiylik ( mavjudlik) nuqtai nazaridan talqin qilishga uringanlar.
Insoniyatning ijtimoiy – tarixiy taraqqiyoti davomida mehnatni rejalashtirish, 
ishlab chiqarish munosabatlari, ishlab chiqarish kuchlari va ularning tabaqalashuvi, 
odamlar tafakkurining rivojlanishi tufayli jonning (ruhning) moddiylikdan tashqari 


xususiyati, ko‘rinishi yuzasidan g‘oyalar vujudga keladi. Buning natijasida 
animistik tasavvurlar urnini ruhni borliqning naturalistik ( lotincha natura – tabiat 
maʼnosini anglatuvchi) falsafiy manzarasi tarzida izoxlash namoyon bo‘la boshladi: 
1. 
Ruh olamining ibtidosini tashkil qiluvchi narsalar( suv, havo, 
olov)ning insonlar va hayvonlarga jon bag‘ishlovchi shakli ( Fales eramizdan 
oldingi VII-VI asrlar, Аneksimon V asr, Geraklit VI-V asrlar); 
2. 
Eramizdan oldin ijod qilgan yunon faylasuflarning ilmiy izlanishlari 
natijasida materiyaning jonliligi, yaʼni gilozoizm ( yunoncha hule – “modda” zol 
“hayot” maʼnosi) to‘g‘risidagi g‘oya yuzaga keladi; 
3. 
Materiyaning jonliligi haqidagi g‘oyani rivojlantirgan atomizm ( 
yunoncha atomos bo‘linmas degani) namoyondalari ( Demokrit eramizdan avvalgi 
V-IV asrlar, Epikur IV – III asrlar, Lukritsiy I asr) bir qancha fikrlarni ilgari 
surdilar, jumladan: 
a) ruh tanaga jon bag‘ishlovchi moddiy jismlar; 
b) moddiy asos sifatidagi aql; 
v) hayotni boshqaruvchi idrok vazifasini bajaruvchi aʼzo; 
g) ruh bilan aql tana aʼzolari, binobarin, ularning o‘zi ham tanadir; 
d) ular sharsimon. Kichik harakatchan atomlardan iboratdir. 
Yuqoridagi psixolog olimlarning mulohazalari organizmning anotomik- 
fiziologik tuzilishi, miyaning tarkibi singari moddiy asoslarga suyangan holda real 
voqelikni tushuntirish imkoniyatiga ega emas edi. Xuddi shu omildan kelib chiqqan 
holda insonning tafakkuri, shaxsiy fazilatlari, uning maqsad ko‘zlashi, gavdani idora 
etishga qobilligini dallilash to‘g‘risida fikr yuritish murakkab ruhiy jarayon 
hisoblanadi. 
Jumladan, Аflotun ( eramizdan avvalgi 428-27-374 yillar) jonning tarkibiy 
qismlari to‘g‘risidagi tushunchani psixologiyaga olib kiradi: a) aql-idrok, b) jasorat, 
v) orzu-istak kabilardan iborat bo‘lib, ular bosh, ko‘krak, qorin, bo‘shlig‘iga 
joylashgandir. Аflotun psixologiyada dualizm ( lotincha dualis ikki mustaqil maʼno 
bildiradi) taʼlimotini ruhiy olamni, tana bilan psixikani ikkita mustaqil narsa deb 
izoxlaydi. 
XVII asr biologiya va psixologiya fanlari taraqqiyoti uchun muhim davr 
bo‘lib hisoblanadi. Jumladan, fransuz olimi Dekart ( 1596-1650) tomonidan xulq-
atvorning reflektor (g‘ayriixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf etilishi, yurakdagi 
mushaklarning ishlashi ( faoliyat) qon aylanishning ichki mexanizmi bilan 
boshqarilayotganligi tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.


Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs ( 1588-1679) 
ruhni mutlaqo rad etib, mexaniq harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning 
qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini taʼkidladi. Uning 
negizida epifenomenalizm (yunoncha epi o‘rta, phainomenon g‘ayritabiiy hodisa) 
vujudga keldi, yaʼni psixologiya tanadagi jarayonlarning soyasi singari ro‘y 
beradigan ruhiy hodisalar to‘g‘risidagi taʼlimotga aylandi. 
XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi ( 
Galler. Proxazka), buning natijasida psixika miyaning funksiyasi ekanligi haqidagi 
taʼlimot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi Charlz Bell va fransuz Fransua Majandi 
tomonidan yozuvchi va harakat nervlari o‘rtasidagi tafovut ochib berildi, uning 
negizida reflektor yoyi degan yangi tushuncha psixologiya fanida paydo bo‘ldi. 
Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar taʼsirida rus olimi I.M. Sechenovning ( 1829-1905) 
reflektor nazariyasi ro‘yobga chiqdi va ushbu nazariya psixologiya fanining 
fiziologik asoslari, mexanizmlari bosh miya reflekslarning o‘ziga xos xususiyatlari 
tabiatini ochib berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Yüklə 472,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin