1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari


fiziologik, psixik, ong, o‘zini o‘zi anglash



Yüklə 472,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix30.03.2023
ölçüsü472,57 Kb.
#91428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-Mavzu

fiziologik, psixik, ong, o‘zini o‘zi anglash. 
Mavzu yuzasidan nazorat topshirig‘i: 
1. Psixologik bilish jarayonlarini tavsiflang?
2. Psixikaning shakllarini sanab bering? 
3. Psixikaning holatlarni tushuntiring? 
4. Psixikaning hodisalarini taʼriflab bering?
5. Psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalarini bir-biridan ajrating? 
6. Psixologiya fanining vujudga kelishi. 
a) antik dunyo psixologiyasi to‘g‘risida tasavvurlar; 
b) XVII- XVIII asrlarda psixologiyaning taraqqiyoti. 
7. G‘arb psixologlarning psixologiya faniga qanday fikrlarni ilgari surgan.? 
8.Psixika va aks ettirish? 
9.Аks ettirishning hozirgi zamon talqini? 


Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari. 
B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini 4 guruhga ajratib, o‘rgangan: 
A) Tashkiliy guruhga - qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi; 
B) Emperik guruhga kuzatish, eksperiment, suhbat, so‘rovnoma, test, 
faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, biografiya, sosiometriya; 
V) Natijalarni qayta ishlash yoki statistik metodlar
G) Sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi. 
B.G.Ananev tomonidan ajratilgan klassifikasiyaga ko‘ra, tadqiqot ishlarida 
foydalaniladigan asosiy metodlar emperik guruh metodlari hisoblanadi. Shunday 
bo‘lsada boshqa guruh metodlariga ham qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Tadqiqot metodlarining birinchi tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash, 
longityud (uzluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi. 
Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiyada katta yoki 
kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash uchun, 
meditsina psixologiyasida – sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini 
qiyoslash maqsadida, sport psixologiyasida sportchilarning holati, o‘quvliligini va 
ishchanligini o‘zaro taqqoslash maqsadida foydalaniladi. 
Qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari shaxs 
xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirish, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish 
dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘ziga xosligini o‘rganishda qo‘llaniladi. 
Psixologlardan 
L.S.Vigotskiy, 
P.P.Blonskiy, 
A.A.Smirnov, 
B.G.Ananev, 
D.B.Elkonin, P.Galperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar 
(chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik yosh 
davrlarini o‘zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan. 

Yüklə 472,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin