Kompleks metodi yordamida o‘rganilgan ob'ektdagi o‘zgarishlar turli nuqtai -
nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy
bilimlarni o‘zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo‘lsa,
kompleks yondashish ta'sirida ana shu o‘zlashtirishning falsafiy, mantiqiy,
fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning
biologik omillarini o‘rganish, uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini
yoritishga xizmat qiladi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlash bo‘lib,
ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo‘linadi.
Ilmiy tadqiqot metodlarini sharhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan
iboratdir.
Genetik metod bilan tadqiqot davomida tugallangan ma'lumotlar yaxlit
holda, maqsadga muvofiq tarzda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy
maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlarning rivojlanishi,
faoliyat va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta'rif va
tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon
bo‘lish davri, bosqichi hamda ba'zi mashaqqatli daqiqalarga, holatlarga qo‘shimcha
sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi.
Genetik
metodga
asoslanib
psixik
o‘zgarishlar
bilan
rivojlanish
bosqichlarining bevosita bog‘liqligi ildizi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: