1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari



Yüklə 472,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix30.03.2023
ölçüsü472,57 Kb.
#91428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-Mavzu

Psixika va aks ettirish. 
Psixika – bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi ( 
xususiyati ), subʼekt tomonidan obʼektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq 
manzaralarni subʼekt o‘zidan o‘zoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z 
xalqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada utmishning, hozirgi davrda 
kelasi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir. Utmish hodisalari 
inson xotirasida mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon bo‘ladi. Hozirgi 
zamon aqliy jarayonlar xissiy kechinmalar, obrazlar va tasavvurlar majmuasida 
ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu niyatlarda, shuningdek,fantaziya, 
vijdon azobi, armon va tushlarda aks etadi. Inson psixikasi ham anglanilmagan, ham 
anglanilgan xususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan psixika o‘z navbatida hayvon 
psixikasidan sifat jihatidan tafovutga va ustivorlikka ega. 
Tashqi obʼektlarning psixika shaklida maxsus tana aʼzolari qurilmasining faol 
va ilgarilab inʼikosi etishi sharofati bilan mazkur obʼektlarning xususiyatiga mutlaqo 
muttanosib harakatlarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Shu bilan birga 
psixika vaziyat ustuvorligi va qidiruv faolligi tufayli organizmning tarkiblari 
o‘rtasida yashash uchun kurash ro‘yobga chiqadi. 
Xuddi shu boisdan psixikani aniqlovchi asosiy belgilari mavjuddir.. Predmet 
muhiti obrazini aks ettirish, tirik tana aʼzolarini harakat qilish, ularning mazkur 


muhitda orientatsiyasi, u bilan aloqaga kirishish ehtiyojidan qoniqish, to‘g‘ri 
aloqador teskari aloqa qilish printsipi bo‘yicha aks ettirish nazorat qilish kabilar. 
Insonning nazorat instantsiyasi sifatida ijtimoiy amaliyot xizmat qiladi. Teskari 
aloqa sharofati tufayli obraz bilan harakat natijasini taqqoslash amalga oshiriladi, 
paydo bo‘luvchi holat bu natijasidan oldinroq sodir bo‘ladi, chunki u borliqning 
o‘ziga xos modeli sifatida yuzaga kelish imkoniyatiga ega. Genetik kelib chiqishiga 
binoan, psixika o‘zining reflektor tipiga va tarixiga ega bo‘lgan alohida siklli tizim 
sifatida ro‘yobga chiqqan.Reflektorlik organizm hayotining obʼektiv sharoitlari 
birlamchiligini bildiradi. 
Psixikaning reflektor tabiatining birinchi shunday ilmiy talqini rus fiziologi 
I.M. Sechenov tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, bir qancha asrlar davomida 
psixika alohida tanasiz narsa, uni harakatga keltiruvchi, uni nerv jarayoni bilan 
almashtiruvchi, unga tenglashtiruvchi mexaniq materialistik yo‘nalishga kuchli 
zarba edi. 
Psixikaning faolligi reallik bilan bevosita muloqatga kirishish jarayonida 
namoyon bo‘ladi, chunki nerv apparatlarida harakatlanuvchi fizikaviy, kimyoviy 
qo‘zg‘atuvchilarni qayta qurish ko‘zda tutildi. Ko‘zg‘ovchilarda, ularning 
doirasidagi xatti-harakatlarga kuch-quvvat beruvchi, uzluksiz ravishda intiluvchi, 
xulq-atvor dasturi bajarilishini taʼminlovchi, unga qidiruv jarayoni va variantlar 
tanlashni o‘zida qamrab oluvchi faollikning xususiyatlaridir. Psixika biologik 
evolyutsiyaning maʼlum bir bosqichida vujudga kelgan bo‘lib, uning o‘zi 
omillarning biri sifatida organizmni ularning yashash sharoitida tobora kuchayib 
boruvchi moslashuvni taʼminlab turadi. Psixikaning insonda paydo bo‘lishi sifat 
jihatdan mutlaqo yangi tuzilishga ega, chunki u ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning 
qonuniyatlari bilan shartlangandir. Faoliyat regulyatsiyasining yuksak darajasi 
sifatida ong vujudga keladi, psixika faolligining yuksak ko‘rinishi manbai tariqasida 
esa shaxs shakllanadi. 
Organizmda dastlabki aks ettirishning vujudga kelishi tirik tananing ichki va 
tashqi stimullarning javob reaktsiyasiga tanlab munosabatda bo‘lish manbaidan 
kelib chiquvchi seskanuvchanlikdan boshlanadi. Bu psixikani aks ettirishning sodda 
ko‘rinishi bo‘lib, u organik dunyoni rivojlanish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatiga 
ega bo‘lgani tufayli sezgi vazifasini bajaruvchi birlamchi psixologik obrazlar paydo 
bo‘la boshlaydi, ular organizm harakati ehtiyojini, fazoviy chamalash( mo‘ljallash) 
maqsadini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. 
Xuddi ana shu davrdan boshlab muhitga, ekologiya to‘g‘ri moslashish va 
harakatni idora qilish funksiyalari yuzaga keladi. Аks etirishning sodda shakllari 
murakkabroq shakllarining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar sifatida xizmat 
qiladi. Organik dunyoning keyingi evolyutsion taraqqiyot davrida voqelikning ham 
sensor, ham aqliy obrazlarni qamrab oluvchi sodda sababiy aloqalar va vaqtni idrok 


qilish yuzaga keladi, buning natijasida xatti-harakatni to‘g‘ri ifodalash imkoni va 
faollik xususiyati tug‘iladi. 
Bevosita harakat qiluvchi qo‘zgatuvchi organizmning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
reaksiyasiga javobi olinadi, ilgarilab aks ettirishni keltirib chiqaradi. Inson 
faoliyatining ijtimoiy shartlanganligi tufayli inʼikos faolligi oshibgina qolmay, balki 
u sifat jihatidan mutlaqo boshqa xususiyat kasb eta boshlaydi. Аks ettirishning 
tanlovchanlik va maqsadga yo‘nalganlik xususiyatlari hamkorlik faoliyati 
jarayonida mehnat quroli orqali tabiatni o‘zgartirish ehtiyoji darajasi ko‘rsatkichi 
aniqlanadi. Mazkur jarayonlarda psixik aks ettirish nafaqat xissiy obrazlarni, balki 
mantiqiy tafakkur, madaniyat mahsulini o‘zida ifodalovchi ijodiy fantaziya, o‘z 
navbatida til tarkibiga kiruvchi belgilar, alomatlar tizimining moxiyatiga kirishib, 
yaratuvchi sifatida aks ettirishning tubdan, radikal o‘zgarishga olib keladi. Bunday 
toifadagi inʼikosining oqibatida ideal obrazning paydo bo‘lishiga puxta zamin 
hozirlaydi, imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun barcha shart-sharoitlar 
yaratadi. Аks ettirishning to‘g‘riligi, adekvatligi o‘zini kelib chiqish manbaga ko‘ra, 
mazkur manbaning moddiy tavsifi bilan miyada nerv impulslarini qayta ishlash 
o‘rtasidagi qiyosiy jarayonni mujassamlashtiradi va subʼektning psixologik jihatidan 
namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘zgarishi, takomillashishi kabi holatlarni ham 
bevosita, ham bilvosita usullar yordami bilan turlicha shaklda, tarzda, ko‘rinishda 
ifodalaydi. 
Psixologiya fanida aks ettirishning quyidagi ko‘rinishlari tan olinadi: fizik, 

Yüklə 472,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin