1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish


-mavzu. Statistik ko’rsatkichlar



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə17/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,87 Mb.
#209092
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
маъруза статистика

6-mavzu. Statistik ko’rsatkichlar
Reja:

  1. Statistik ko’rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati

  1. Mutloq va nisbiy ko’rsatkichlar.

  1. Nisbiy miqdorlar orasidagi boglanishlar.

6.1. Statistik ko’rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati
Ko’rsatkich so’zi quyidagi lug’aviy ma’nolarga ega: 1) ko’rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, ishora; 2) biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi, bajarilishi va shu kabilarni bildiruvchi belgi yoki narsa.
Falsafiy jihatdan statistik ko’rsatkich o’rganilayotgan hodisa va jarayonning (yoki xossalarning) me’yoridir. Hodisaning sifati bilan miqdorining o’zaro bog’liqligi, ajralmas birligi uning me’yori deb ataladi. «Me’yor - deb izohlaydi buyuk faylasuf olim Gegelь - sifat aniqligiga ega bo’lgan miqdor..., u ma’lum miqdorki, u bilan biror muayyan narsa bog’langan». Statistik ko’rsatkichlar me’yor ekanligiga ishora qilib, Gegelь yozgan edi: «Statistikada qo’llanadigan sonlar faqat o’zlarining sifat natijalari bilangina qiziqarlidir. quruq raqamlar bilan ishlash ... oddiy qiziquvchanlik predmeti hisoblanadi va u na nazariy, na amaliy jihatdan diqqatga sazavor emas».6

Statistik ko’rsatkich - bu ommaviy hodisa va jarayonning me’yori, ya’ni uning sifat va miqdor birligini ifodalash shakli (tasvirnomasi)
Statistik ko’rsatkichlar deb ma’lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning holatini, rivojlanishini, tuzilishini, o’zaro bog’lanishlarini ifodalovchi me’yorlar yuritiladi.

Statistik ko’rsatkichlar tizimi - bu o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar majmuasidir


Statistik ko’rsatkichlar tizimi deganda ommaviy jarayonlarni va ularning belgilarini o’zaro bog’lanishda aks ettiruvchi bir-biri bilan bog’langan ko’rsatkichlar majmuasi tushuniladi.

Statistika o’rganadigan ommaviy hodisa va jarayonlar rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ularning belgilari ham turli-tumandir. SHuning uchun son-sanoqsiz statistik ko’rsatkichlar mavjud, ularning turlari ham ko’p. O’z-o’zidan ravshanki, ularni birma-bir qarab chiqib bo’lmaydi. SHu sababli statistik ko’rsatkichlarni umumlashtirish, ma’lum tartibga solish, muhim tomonlariga qarab tasniflash zaruriyati tug’iladi. 3.2-tarhda bunday tasniflash keltirilgan.





Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin