1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish


-mavzu. Mehnat bozori statistikasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə54/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,87 Mb.
#209092
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
маъруза статистика

15-mavzu. Mehnat bozori statistikasi
Reja:

15.1 Iqtisodiy faol aholi tushunchasi.

15.2 Mehnat resurslari statistikasi.

15.3 Iqtisodiyotda band bo’lganlarning faoliyat sohasi, mulk formasi, xo’jalik yuritish formasi va mamlakat hududlari bo’yicha taqsimlanishini statistik o’rganish.



15.1 Iqtisodiy faol aholi tushunchasi.

Mamlakatning doimiy aholisi iqtisodiy faol va nofaol aholi guruhlariga ajratiladi. Iqtisodiy faol aholi o`z ishchi kuchini mehnat bozoriga taqdim etadi va ish beruvchilar uni sotib oladilar. Iqtisodiy nofaol aholi esa ob’ektiv sabablar bilan mehnat bozorida ishtirok etaolmaydi.


Aholini kuzatish (ro`yxat o`tkazish) – bandlik va ishsizlik haqida ma’lumotlarni yig’ishda muhim o`rinni egallaydi. Bunday kuzatishlar aholining hamma qatlamlarini o`z ichiga olib, u bandlilik tarkibi va uning o`zgarishi, ishsizlar soni haqida to`la ma’lumotlarni olish va odatdagi usullarni qo`llab olingan statistik hisoblarda aks ettirilmaydigan mehnat faolligining xar xil formalarini hisoblash imkoniyatini beradi.
Mehnat bozori statistikasi odatdagi ko`rsatkichlar tizimi: mehnat resurslari soni, band bo`lganlarning iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha taqsimlanishi, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlari tarkibi va soni, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi va mehnat haqqi darajasi va dinamikasi, har bir tarmoqdagi ish sharoitlari holatlarini o`z ichiga qamrab oladi.
Rejali iqtisodiyot davrida mehnat resurslari va aholining bandligi haqidagi ma’lumotlar, aholi ro`yxati o`tkazilgan davrlar orasida, korxona, tashkilot va muassasalarining ommaviy statistik hisobotlar ma’lumotlari asosida, mehnat va ish haqqini o`rganish maqsadida o`tkazilgan tanlama kuzatish ma’lumotlariga asoslanar edi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz berayotgan tub o`zgarishlar statistika oldiga yangi-yangi talablarni qo`ymoqda. Statistika oldiga mehnat bozorini o`rganish vazifasi qo`yilmoqda, shu jumladan, bandlilik va ishsizlik darajasi, ozod bo`lgan ishchi kuchini kasbiy tayyorlash va uning xarajatlari qiymati, aholining majburiy migratsiyasi kabi masalalarni o`rganish o`zbek statistika uslubiyatini xalqaro andozalar darajasiga etkazishni taqazo etadi.
17-chizma

Bularni o`rganish uchun axborotlarning quyidagi yangi manbalaridan foydalaniladi:


- bandlilik xizmati idoralarining statistik hisoboti, bunda fuqarolarning ish qidirib qilgan murojaatlari, vaqtincha bo`sh o`rinlari va ishsizliklar o`z aksini topadi;
- aholining bandligi darajasini o`rganish maqsadida har kvartalda o`tkazilgan (oxirgi xaftada) tanlama kuzatish ma’lumotlari;
- migratsiya xizmatlari organlarining O`zbekiston milliy iqtisodiyotida ishlayotgan xorij fuqarolari haqidagi ma’lumotlari.
Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat.
Samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda doimo o’zgarib boruvchi tizim, aniqrog’i o’zida quyidagi xarakteristikalarni mujassamlashtiruvchi model tushuniladi:
– ishga yollanuvchi va ish beruvchining faoliyati shaxsiy manfaatlarni maksimal qondirilishiga yo’naltirilgan. Sotib oluvchida u foyda summasi bo’lsa, sotuvchida u juda murakkab tarkibga ega;
– ishchi kuchini sotuvchi va sotib oluvchi turli variantlar mavjudligi haqida ma’lumotlarga ega va
o’zi uchun eng manfaatlisini tanlash qobiliyatiga ega;
– mehnat bozorida bir xil tipdagi mehnat xizmatlari sotiladi va sotib olinadi. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, aniqrog’i ishchilar bir biridan deyarli farq qilmaydi;
– ishchi kuchiga qilinadigan xarajatlar faqat vaqtga mos ravishda ish haqlaridan tashkil topadi, mehnat unumdorligi esa doimiy miqdor bo’lib hisoblanadi va ish vaqtining uzunligiga bog’liq emas;
– mehnat xizmatlarini sotib olish va sotish faqat raqobat asosida amalga oshiriladi. Buning asosiy sharti sifatida bozorda bir biriga bog’liq bo’lmagan ko’plab sotuvchi va sotib oluvchilarning qatnashishi hisoblanadi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin