1-Mavzu: Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va matеmatika markazini tashkil etish



Yüklə 195,48 Kb.
səhifə27/48
tarix07.01.2024
ölçüsü195,48 Kb.
#204423
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Mavzu: Kuzdagi kattalar mehnati .
Maqsad:
Ta’limiy – Mavzudan kelib chiqib rasm asosida suhbat o‘tkazish natijasida bolalarga qaerda joylanishi nimaga kerakligi kattaligi rangi shakli haqida tushuntirish va gap tuzishga o‘rgatish
Tarbiyaviy – ozodalik gigienasiga rioya qilishga o‘rgatish va foydalanishni tushuntirish
Korreksion – tashkiliy qismga farq tushunchasini shakllantirish asosiy qismda bolani grammatik nutqi va bog‘langan nutqini shaklantirish.
Jihoz:

Mavzu asosida kasblarga oid rasmlar, sham, shar, tugma koptok


Mashg‘ulotning borishi:
1. Tashkiliy qism:
Bolalar bugun sizlar bilan qisqacha salomlashish haqida uning odoblari haqida yoritib o‘taman. Har doim uyga mehmon kelganda kattalarni ko‘rganda mashg‘ulotlarda darrov o‘rningizdan turib assalomu alaykum deyiladi. Qani xammamiz bir qaytarib olamiz, demak eslab qolinglar.
2. O‘tilgan mavzuni takrorlash
O‘tilgan mavzuni takrorlashda bugun Fe’l zamonlaridan foydalanamiz. Fe’l zamonlari haqida aytilganda uning harakat nomlarini bildiradi.
Terimchi mashinasi – er xaydaydi
Paxta – teriladi
Bug‘doy – o‘riladi
..........
3. Nafas mashqi
Hozir sharni puflash mashqi o‘tkazamiz
Barmoqlarimizda xavo bilan isitamiz.
4. Maqol yodlash
Bir odam ariq qazir, ming odam suv ichadi.
5. Asosiy qism
Tikuvchi – matodan kiyim tikadi, o‘tirib ishlaydi
Dexqon – chopadi, ekadi, sabzavotlar etishtiradi
6. Jismoniy daqiqa
Bog‘chaga yo‘l olaman
Soat sakkiz bo‘lganda
Do‘stlarimni ko‘raman
Quyosh ko‘kda kulganda
Salomlashaman avval
Keyinchi qo‘l beraman
Bog‘chamizga har mahal
Quloch yozib kiraman
7. Topishmoq topish
Osmonda u yaraqlab
Kulib chiqar charaqlab (QUYOSH)
Pichoq ursang qon chiqar
Hamda g‘ij g‘ij don chiqar (ANOR)
8. SHe’r yodlash
Kuz kelgani soz bo‘ldi Omborlar donga to‘ldi
Pishdi shirin mevalar Tatib ko‘ngil chog‘ bo‘ldi
Bobodexqon mexnati ona erning himmati
CHanoqdagi paxtalar osmon qadar tog‘ bo‘ldi
9. Mavzuni mustahkamlash
Bolalar bugun lug‘at boyligini oshirish uchun so‘zlarni yodlaymiz.
Saralab – tanlab
Ikki pallaga – ikkita bo‘lakka
Mexnatning gashti – maxnatning roxati
10. Rag‘batlantirish
Biz hozir yulduzcha yaxshi javob berganlarga tarqatamiz. To‘rtburchak esa o‘rtacha javob berganlar. Endi uchburchak unchalik javob bermaganlarga tarqataman.
11. Yakunlash
Hozir, uy vazifasini uyda takrorlab keling deb sizlar bilan xayrlashamiz.
Xayr.

Yüklə 195,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin