1-Mavzu Turli yosh guruhlarda qurilish, konstruktsiyalash va ma
Mavzu: Qish.
Maqsad:
Ta’limiy – Qishning belgilari sovuq muz qor yomg‘ir sumalak chaqmoq qora bulut xususiyatlari haqida tushuntirish
Tarbiyaviy – O‘zaro hurmat xissini shakllantirish. Kattaga hurmat xissini shakllantirish
Korreksion maqsad – Bolalar nutqini korreksiyalash intonatsiya ifoda urg‘u bilan yodlashga faoliyatni yaxshilashga qaratilgan mashqlardan unumli foydalanish
Jihozlar:
Mashg‘ulotning borishi:
1. Tashkiliy qism:
Bolalar qarang ko‘chalar qandapy chiroyli hammayoq oppoq undek hamma yoq shabboda, salqin, yomg‘irli qorlidir. Bizga qorli xavo nega kerak?
Kasal bo‘lmaslik uchun, chiniqish uchun, sog‘lom va yaxshi o‘qishimiz uchun kerak.
Qor bulutdan paydo bo‘ladi. Qarang daralarda ko‘chalarda chiroyli qushlar uchib yuribdi. Ular sovuqqa chidamli bo‘lishadi. SHu sababli bu sovuq o‘lkalarga uchib etib kelishgan.
2. Artikulyasion gimnastika
Ot (tilida taq tuq, qilib ot bo‘ladi) ohirida dirr dirr deb to‘xtatamiz
Futbol-tilimizda u yon bu yon tepamiz
3. Fonematik idrokni rivojlantirish mashqi
Qanday tovush o‘yini
Mushuk – shamol – chaqmoq – kuchuk – yomg‘ir – suv oqishi – ovozlari beriladi va so‘raladi
4. Asosiy qism
Qish faslida hasharotlar va o‘rmon hayvonlari nima qiladilar?
Uyquga ketadilar to baxorgacha u uyquda bo‘lib 3 oy uylaridan chiqmaydilar.
Tabiat o‘zgarishlaridan esa daraxtlar ham uyquga ketadilar va barglari g‘unchalari bahor faslida ochilib chiqadi.
Endi bolalar a va i tovushini farqini o‘rganamiz. A deganda og‘zimiz katta ochiladi va i deganda kichikroq ochiladi. Ularni bo‘g‘indagi farqini o‘rganamiz, achchiq asal, aka-uka.
5. Jismoniy daqiqa
Hammamiz qush bo‘lib sovuq o‘lkalarga uchamiz.
Qish faslida hasharot bo‘lib uyquga ketamiz
Oynada muzdan gul yasab barmoqlarimizni qimirlatamiz
Qor yasab qor bo‘ron o‘ynaymiz
6. Maqol
Qish qishligini qiladi
Qish ketdi deb to‘n sotma
Qishning kuni qirq turli qirqovi ham qiliqli
Qish keladi qilichin olib
7. Rag‘batlantirish
8. Yakunlash
11-Mavzu: “O’simliklar bilan do’stlashamiz” hafta mavzusi bo’yicha o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish. “Go’zal bahor” oy mavzusi bo’yicha tabiat markazida o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish.