Elektron ta’lim resurslari: 1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped
6. http://www.education.gov.za
1 Physics for dummies, Steven Holzner, 2006 by Wiley Publishing, Inc., Indianapolis, Indiana, p. 8
2 Benjamin Crowell – Newtonian Physics, California-2002. p. 43, 44,46
Fizikaning asosiy tadqiqot usuli bu tajriba bo'lib, tajriba - ob'ektiv reallikni hissiy-empirik tuyg'ular amaliyotiga asoslangan holda o'ganishdir. Tajriba natijalarini tushuntirish uchun gipoteza shakllantiriladi. Gipoteza - ilmiy faraz bo'lib hodisaning kelib chiqishi mohiyatini tushunish imkonini beruvchi tadbirlar yig'indisi. Eksperiment ma'lumotlarini umumlashtirish natijasida, hamda insonlar tomonidan to'plangan tajribalar asosida fizik qonunlar shakllanadi. Fizik qonun-tabiatda mavjud, qat'iy takrorlanuvchi ob'ektiv qonuniyatlardir.
Fizik hodisaning o’lchash yoki hisoblash mumkin bo’lgan xarakteristikasi fizik kattalik deyiladi.
Moddiy nuqta harakatida bosib o’tilgan yo’l uzunligi ikki nuqta orasidagi to’gri chiziqli traektoriyadan iborat. Kesmaning uzunligi to’grisida muloxaza yuritaylik. Bir necha kesmaning uzunliklari orasidagi miqdoriy boglanishni topish uchun kesmalardan birini birlik sifatida tanlash va boshqa kesmalarni ana shu birlik kesma bilan taqqoslash kerak.Umuman har bir fizik kattalik uchun alohida birlik tanlash mumkin.
Gauss mustaqil va ixtiyoriy tarzda tanlab olingan uch fizik kattalikni o’lchov birliklari orqali mexanikadagi barcha kattaliklar birliklarini ifodalash mumkinligini ko’rsatdi. U mustaqil birliklar sifatida uzunlik, massa va vaqt birliklarini tanlab olishligini aytdi. Masalan, to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan moddiy nuqta uchun tezlikni V = s/t formula orqali topish mumkin. Shuning uchun tezlikning birligi uzunlik birligining vaqt birligiga nisbati tarzda aniqlanadi. Haqiqatdan tezlikni km/soat, m/s , sm/s kabi birliklarda o’lchashga odatlanganmiz.
Bayon etilgan usulda bir-birlari bilan moslashtirilib hosil qilingan birliklarning to’plami birliklar sistemasi deb ataladi. Birinchi sistema 1881 yilda qabul qilingan SGS sistemasidir: unda asosiy birliklar sifatida santimetr, gramm, sekund tanlab olingan. 1919 yilda asosiy birliklar sifatida metr, tonna, sekund bo’lgan MTS sistema qabul qilingan. U 1933-1955 yillar davomida qullanildi. Asosiy birliklar sifatida metr, kilogramm sekund bqlgan MKS sistema ham qullanilgan. Bu uchala sistemaning asosiy birliklari uzunlik, massa va vaqtdir. Texnikada esa metr, kilogramm-kuch, sekund asosiy birliklar tarzida qabul qilingan sistema keng tarqalgan. Bundan tashqari, yuqorida qayd qilingan sistemalarga taalluqli bo’lmagan bir qator birliklardan ham foydalanilgan.
Nihoyat, 1960 yil oktyabrida Xalqaro birliklar sistema qabul qilindi. U "Sistema internatsionalnaya " so’zlarining bosh harflari bo’yicha SI deb o’qiladi. Bu standartga asosan, fan- texnika va xalq xo’jaligining barcha sohalarida hamda o’qitish jarayonida SI ni qullash zarurdir. SI da yettita asosiy va ikkita qo’shimcha birliklar mavjud.