18-mavzu. Mexanik tebranishlar Reja: 1.Tebranma harakat.
2.Tebranuvchi sistemaning tezligi va tezlanishi.
3.Tebranuvchi sistemaning energiyasi.
4.Mayatniklar.
Таbiat texnikada juda ko'р tarqalgan takrorlanuvchi protsess asosida u yoki bu darajada tebranishlar va ularning hosil qilgan to'lqinlari yotadi. Bunday prosesslarga soat mayatnigining tebranishi, zanjirdagi о'zgaruvchan tok, elektromagnit tebranishlar, tovush va shu kabilar misol bo'la oladi.
Теbranmа harakat yoki tebranish deb, davriy ravishda takrorlanadigan harakatga ауtiladi.
Tebranma harakatning asosiy belgilaridan biri uning davriyligidir. Наr qanday davriy ravishda takrorlanuvchi harakat Т davr va chastota bilan xarakterlanadi.
Теbranish davri deb, bir marta to'la tebranish uchun ketgan vaqtga miqdor jihatdan teng bо'lgan fizik kattalikka aytiladi.
Tebranish chastotasi deb, vaqt birligi ichida to'la tebranishlar soniga teng bо'lgan fizik kattalikka aytiladi.
Agar tebranayotgan moddiy nuqta t vaqt ichida N marta to'la tebransa, uning Т davri va chastotasi quyidagicha yoziladi.
Bu ifodadan ko'rinadiki, davr bilan chastotabir-biriga nisbatan teskari munosabatdadir,
yoki (1)
Теbranish chasiotasining birligi qilib gers (Hz) qabul qilingan. 1 Hz deb, bir sekundda bir marta to’la tebranadigan nuqtaning tebranish chastotasiga aytiladi, уа'ni:
Nuqtaning tebranish kengligi amplituda deb ataluvchi kattalik bilan xarakterlanadi,
Теbranish amlitudasi deb, tebanuvchi muvozanat vaziyatidan eng katta chetlanish masofasiga teng bо'lgan kattalikga aytiladi.
Amplitudasi А ning vaqt bо'yicha о'zgarishiga qarab tebranishlar ikki xil. so'nmas va so'nuvchi tebranishlarga bo'linadi.
Vaqt о'tishi bilan amplitudasining moduli о'zgarmay qoladigan tebranishga so'nmas tebranish deyi1adi, vaqt о'tishi bilan kamayib boruvchi tebranishga esa so'nuvchi tebranish deyiladi.
Shunday qi1ib, turli xil tebranishlarni bir-biridan farq qilish uchun davr, amplituda va chastotadm iborat bо'lgan parametrlardan foydalaniladi.
Tebranishni xarakterlovchi koordinata sinus yoki kosinus qonuni bo’yicha o’zgarsa, bunday tebranishga garmonik tebranish deyiladi:
bu yerda A – tebranish amplitudasi, ωt - belgisi tebranish fazasini ifodalaydi.
– tebranish davri, – tebranish chastotasi, – tsiklik chastota.