2-ma’ruza: Xalqaro marketingning zamonaviy konsepsiyasi Reja: 1. Xalqaro marketing tamoyillari
2. Xalqaro marketingni tashkil etish bosqichlari
3. Xalqaro marketing faoliyatining tashkil etish asosiy konsepsiyalari
4. “Globallashuv” tushunchasi, iqtisodiyot globallashuvining asosiy tavsifnomasi
5. Globallashuv sharoitida iqtisodiy jarayonlarning sifat o‘zgarishlari
6. “Global marketing” fanining iqtisodiyotda tutgan o’rni va vazifalari
1. Xalqaro marketing tamoyillari Xalqaro marketingning asosiy tamoyili ishlab chiqarishning yakuniy natijalarini chet ellik iste’molchilarning haqiqiy talab va istaklariga yo’naltirishdir. Bu tamoyildan bir qator talablar kelib chiqadi:
xalqaro bozorni bilish, mazkur tovar(xizmat)ga talab dinamikasi va holatini har tomonlama o’rganish, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va xo’jalik qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida olingan ma’lumotlardan foydalanish;
korxona faoliyati samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqarishni bozor talablariga maksimal darajada moslashtirish, iste’molchilar kutayotgan tovarlarni, ya’ni sotilayotgan narsani ishlab chiqarish;
bozor va iste’molchilar talabiga uni korxona uchun zarur yo’nalishda
shakllantirish maqsadida barcha mumkin bo’lgan vositalar bilan ta’sir ko’rsatish;
korxonada marketing tadqiqotlari natijasida yuzaga kelgan texnik va xo’jalik muammolarini, birinchi navbatda mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish va takomillashtirishga oid muammolarni hal qilishda ijodiy yondashuvni rivojlantirish va rag’batlantirish;
tovarni yakuniy iste’molchini qondiradigan darajada kerakli joyga kerakli miqdorda kerakli vaqtda etkazib berishni ta’minlash;
ilmiy loyihalar, ishlab chiqarish, sotish, xizmat ko’rsatish – barcha jarayonlarni maqsadli boshqarishni ta’minlash;
yangi, ayniqsa, o’z sohasida ilk bor ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan
bozorga chiqishda kechikmaslik;
xalqaro bozorni iste’molchilarning nisbatan bir xil guruhlariga taqsimlash (bozorni segmentlash) hamda asosiy e’tiborni korxonaning potensial imkoniyatlari yuqori bo’lgan va bozor segmentining o’ziga xosliklarini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lgan segmentlarga qaratish;
bozorni eng yuqori sifatli va ishonchli tovarlar bilan egallab olish;
raqobatchilik ko’rashida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va texnik darajasini oshirish, xaridorga mahsulotga qo’shimcha ko’rsatiluvchi sifatli va kata hajmdagi xizmat turlarini taklif qilish hisobiga ustunlikka ega bo’lish;
savdo vositachilariga texnik muammolarni hal qilish va ularning xodimlarini o’qitish yo’li bilan yordam ko’rsatish;
marketing strategiyasini istiqbolga yo’naltirish, xalqaro bozorni egallab olish, savdo hajmini, ayniqsa, istiqbolli bozor sektorlarida kengaytirish bo’yicha aniq vazifalar qo’yish;
boshqaruvni iloji boricha tovar tamoyillari asosida tashkil etish imkoniyatlarida foydalanish, bu xodimlarning ishlab chiqarishni boshqarish va muayyan mahsulot turlarini sotish bo’yicha yuqori malaka va tajribaga ega bo’lishariga xizmat qiladi hamda rahbariyatning alohida tovar bozorlarida javobgarligini oshiradi.
Xalqaro marketingda asosiysi – maqsadli yo’nalganlik va komplekslilik, ya’ni tadbirkorlik, xo’jalik, ishlab chiqarish va sotuv faoliyatini o’zaro bog’liq bo’lgan ketma-ketli tizimga birlashtirishdir. Bu marketing faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini belgilangan vaqt davomida barqaror rentabelligini ta’minlash uchun birlashishini anglatadi. Xalqaro marketing tajribalaridan ma’lumki, ayrim tarkibiy qismlardan, masalan, tovarni o’rganish yoki tovarni prognozlashdan tanlangan holda foydalanish etarlicha samara bermaydi. Faqat kompleks yondashuvgina xalqaro bozorga o’z tovar va xizmatlari bilan muvaffaqiyatli kirib borishga imkon beradi.