1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Yovvoyi ajdod turlaridan turli-tuman zot va navlarning inson tomonidan keltirib chiqarilishi ikki usul -



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə19/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85
Evolyutsion tex xarita

Yovvoyi ajdod turlaridan turli-tuman zot va navlarning inson tomonidan keltirib chiqarilishi ikki usul - divergensiya va konvergensiya hodisalari asosida olib borilgan
Nav yoki zot chiqarishda turli maqsadlar ko'zlansa, chunonchi, tovuq, zotlarini chiqarishda bir odam uzun dumli, ikkinchi odam ko'p go'sht beradigan, uchinchi odam ko'p tuxum beradigan zotlarini chiqarishni maqsad qilib qo'yib, sun'iy tanlashni shu yo'nalishlarda olib borsa, divergensiya hodisasi ro'y beradi.
Agar seleksiya sohasida ishlayotgan turli kishilar bir xil maqsadni ko'zlasalar, u holda belgilari o'xshash zotlar kelib chiqadi. Bu hodisa konvergensiya hodisasi, ya'ni belgilarning o'xshashligi deb ataladi.
Konvergensiyaga misol qilib cho'chqa zotlarining kelib chiqish sababini olish mumkin. Xilma-xil cho'chqa zotlarida yevropa yovvoyi zotlariga o'xshash belgilar (gavdaning miqtiligi, oziq tishlarning maydaligi, oyoqlarning kaltaligi) kuzatiladi. Chunki, sun'iy tanlashni olib borishda barcha seleksionerlar bir maqsadni, ya'ni ko'p go'sht va yog' olishni ko'zlaganlar.
Organizmlarda paydo bo'ladigan mayda o'zgarishlarni to'plab borishda, yangi belgixossalarning kelib chiqishida sun'iy tanlash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lganligini u ta'kidlagan
Olimlarning fikrmulohazasiga ko'ra, ibtidoiy odamlar yovvoyi hayvonlarni ovlash, yovvoyi holda o'suvchi o'simliklarning urug'larini, mevalarini va boshqa qismlarini iste'mol qilish bilan hayot kechirganlar. Bundan 10—9 ming yil oldin yovvoyi hayvon bolalarini qo'lga o'rgatish, yovvoyi o'simliklar orasidan ozuqabop xillarini o'z kulbalari atrofiga ekish rusm tusini olgan va bu tajriba avloddanavlodga o'ta borgan.


2. Ongsiz tanlanish.Har gal inson o'z qo'l ostidagi hayvon va o'simliklar orasidan ko'p mahsulot beradigan xillarini saralab, boshqalarini o'z ehtiyojlari uchun ishlatgan. Bunday saralash ko'p ming yillar mobaynida davom ettirilgan. Oqibatda, odam xohishisiz yovvoyi o'simlik, hayvonlardan foydali belgixossalari bilan birmuncha farq qilgan mahalliy hayvon zotlari, o'simlik navlari paydo bo'lgan. Inson faoliyatida yangi nav, zot chiqarish asosiy maqsad qilib olinmaganligini e'tiborga olib, Darvin bunday ibtidoiy tanlashni ongsiz tanlash deb nomladi
Sun'iy tanlashning ongsiz shakli hozirgi vaqtda ham rivojlanishi orqada qolgan qabilalarda, dehqon xo'jaliklarda qo'llanib kelinmoqda. Masalan, Darvin «Bigl» kemasidagi safarida Janubiy Amerikaning olovli yerida yashovchi qabilalar ocharchilik yillarda Vidro ovlashda unchalik ko'mak bermaydigan it hamda mushuklarni yeb, ko'mak beruvchi itlarni saqlab qolganlarni ko'rgan. Markaziy osiyoda insonlar ongsiz tanlash tufayli bug'doyning doni to'kilmaydigan navlarini, poliz ekinlarining, mevali daraxtlarning dastlabki mahalliy navlarini chiqarganlar. Tabiiyki, ongsiz tanlash ishlari uzoq muddatni talab etgan.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin