1-mavzu: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish



Yüklə 372 Kb.
səhifə4/10
tarix01.05.2023
ölçüsü372 Kb.
#105515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim-tar

5-shakl.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy
tarkibiy qismlari

Ehtiyoj va maqsad umumiy nom bilan motivlar deb ataladi. Bundan esa har bir faoliyat motivlar asosida kelib chiqishi va shu motivlarga muvofiq davom etishi hamda so‘nggi natijaga erishishi ko‘zda tutiladi.


Zamonaviy pedagogik texnologiyalarda motivlar jarayonni keltirib chiqaradi va shu jarayonning natijasiga olib keladi. Bundan esa zamona-viy pedagogik texnologiyalarni motivlar, jarayon va natijadan iborat uchta tarkibiy qismlarga ajratib tahlil qilish imkoniyati hosil bo‘ladi.
Bu shakldan yuqorida aytilgan uchta tarkibiy qismning har birini ya-na ham aniqroq tahlil qilish maqsadga muvofiqligi ko‘rinib turibdi. Shu nuqtayi nazardan pedagogik motivlar kimlar tomonidan va qanday maz-munda ilgari surilishini ko‘rib chiqishimiz mumkin.
3. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning turlari
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim so-halari hamda ayrim belgilari bo‘yicha turlarga ajratiladi. Uzluksiz ta’lim turlari bo‘yicha maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari – qo‘shimcha ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi zamonaviy peda-gogik texnologiyalarga bo‘linadi.
Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo‘yicha ona tili, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amaliy fan-lar, kasb-hunarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud.
Hozirda mavjud bo‘lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapi-rishdan oldin shuni eslatib o‘tishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo‘lib, u faqat bittagina omildan, me-toddan, tamoyildan foydalanmaydi, ya’ni quyida keltiriladigan turlarga-gina xos bo‘lgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu to-moniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo‘yicha turlarga ajratiladi.
Bu masalaga turlicha yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan ayrimla-riga to‘xtalib o‘tamiz.
Bilish faoliyatini boshqarish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnolo-giyalarning quyidagi turlari ma’lum:
klassik ma’ruza;
texnika vositalari yordamida o‘qitish;
maslahatchilik tizimi;
darslik bo‘yicha o‘qitish;
kichik guruhlar tizimi;
kompyuter yordamida o‘qitish;
repetitorlik tizimi;
dasturlashtiriladigan boshqaruv.
Ta’lim oluvchiga yondashuv turi bo‘yicha zamonaviy pedagogik tex-nologiyalar quyidagicha nomlanadi:
avtoritar;
didaktik yo‘naltirilgan;
ijtimoiy yo‘naltirilgan;
antropologik yo‘naltirilgan;
pedagogik yo‘naltirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan;
insonparvarlikka va shaxsga yo‘naltirilgan;
hamkorlik texnologiyalariga yo‘naltirilgan;
erkin tarbiyaga yo‘naltirilgan;
ezoterik ta’lim va tarbiyaga yo‘naltirilgan.
Qo‘llaniladigan asosiy metod bo‘yicha zamonaviy pedagogik texno-logiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:
dogmatik, reproduktiv metod;
tushuntirish, ko‘rgazmali;
rivojlashiruvchi ta’lim;
muammoli, izlanishli;
ijodiy metod;
dasturlashtirilgan ta’lim metodi;
dialogli metod;
o‘yin metodi;
o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi ta’lim metodi;
axborotli (kompyuterli) ta’lim metodi.
Tashkiliy shakllariga ko‘ra, zamonaviy pedagogik texnologiyalar quyi-dagi turlarga ajratiladi:
hozirgi an’anaviy ta’lim;
shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon asosidagi peda­gogik tex-nologiyalar;
o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar;
o‘quv jarayonini boshqarish va tashkil qilish samaradorligi aso-sidagi pedagogik texnologiyalar;
materialni didaktik takomillashgirish va rekonstruksiyalash asosi-dagi pedagogik texnologiyalar;
xususiy fanlar pedagogik texnologiyalari;
muqobil texnologiyalar;
tabiatga moslashtirilgan texnologiyalar;
rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari;
mualliflik maktablari pedagogik texnologiyalari;
texnologiyalarni loyihalash va o‘zlashtirish texnologiyalari.
Bulardan tashqari, shaxsning xususiyat va sifatlari tarkibiga yo‘nalti-rilganlik bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar quyidagi tur-larga ajratiladi:
fanlar bo‘yicha bilim, o‘quv, ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘-naltirilgan – axborot texnologiyalari;
aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga yo‘naltirilgan operatsion texnologiyalar;
estetik va axloqiy munosabatlar sohasini shakllan­tirishga yo‘nal-tirilgan emotsional-badiiy va emotsional – axloqiy texnologiyalar;
shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini rivojlantirish texnologiyalari;
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan – evristik tex-nologiyalar;
amaliy faoliyat sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan – amaliy tex-nologiyalar.

Yüklə 372 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin