1-mavzu: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish


Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy tarkibiy qismlari



Yüklə 372 Kb.
səhifə3/10
tarix01.05.2023
ölçüsü372 Kb.
#105515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim-tar

2. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy tarkibiy qismlari
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, zamonaviy pedagogik texnologiya-lar mohiyatini o‘rganish hamda shu kungacha nashr etilgan pedagogik-psixologik adabiyotlar bilan tanishish ZPT ta’lim-tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni to‘g‘risidagi fan ekanligini e’tirof etish imkonini beradi. ZPTning quyidagi tarkibiy qismlari uning asosini belgilashga xizmat qiladi:


2-shakl. Pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlari.

Yuqoridagi fikrlarga muvofiq zamonaviy ta’lim texnologiyasining tarkibiy qismlari quyidagicha namoyon bo‘ladi:






3
Ijtimoiy ehtiyoj (raqobat)
-shakl.
Ta’lim texnologiyasining tarkibiy qismlari.


4-shakl. Tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlari.

Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda o‘ziga xos jihat-lari xususidagi mavjud nazariy va amaliy g‘oyalarga, pedagogik bilim-larga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyi-dagicha belgilash mumkin:
1) tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;
2) tarbiyani tashkil etishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag‘bat);
3) tarbiyaning maqsadi;
4) tarbiyaning mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);
5) o‘qituvchi (tarbiyachi) faoliyati;
6) o‘quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati;
7) tarbiya samarasi (natija).
Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
1. Zamonaviy pedagogik texnologiya pedagogik jarayonni takomil-lashtirish, optimallashtirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
2. Zamonaviy pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xa-rakterdagi, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarz-da tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy bilimlar majmuyi, meto-dologik fan sifatida namoyon bo‘ladi.
3. Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir.
4. Zamonaviy pedagogik texnologiya yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.
5. Zamonaviy pedagogik texnologiya – shaxsiylik xususiyatiga ega bo‘lib, unga nisbatan yagona, qat’iy, me’yoriy (standart) talablar qo‘-yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat yuritayotgan ta’lim-tarbiya mu-hitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarini inobat-ga olgan holda muayyan texnologik yondashuvni amalga oshirish im-koniyatiga ega.5
Ma’lumki, inson hamma sohada biror maqsadga erishish uchun bo‘lgan yo‘l, usul, vositalardan foydalanib, zarur faoliyatni amalga oshi-radi. Demak, avval maqsad paydo bo‘lsa, keyin shunga muvofiq, mavjud imkoniyatlarga suyangan holdagi faoliyat kelib chiqadi.
Bundan ko‘rinadiki, aniq maqsad har bir ishning sababi va so‘nggi na-tijasini belgilaydi. Lekin aytish kerakki, maqsadning o‘zi ma’lum sabab-lar asosida shakllanadi. Bunday sabablar ehtiyoj deyiladi. Agar ehtiyoj pay-do bo‘lsa, maqsad kelib chiqadi va shu maqsad faoliyatga sabab bo‘ladi.

Yüklə 372 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin