1-mavzu: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish



Yüklə 372 Kb.
səhifə8/10
tarix01.05.2023
ölçüsü372 Kb.
#105515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim-tar

Inversion ta’lim – ag‘darish, joyini almashtirish, tafakkur tizimini shakllantirish yo‘nalishidagi ta’lim.
Masofadan o‘qitish – o‘quvchi-talabani mustaqil bilim olishiga asos-langan ta’lim jarayonini yangicha tashkil etish bo‘lib, ko‘pincha yoki doimo o‘qituvchidan vaqt va masofa jihatidan ajralgan holda, o‘quv ma-terialini xatlar, topshiriqlar yoki audiovizual vositalar orqali mustaqil o‘rganishdir.
Masofaviy o‘qitishda teskari aloqa – masofaviy o‘qitish ta’lim oluv-chiga faoliyatini o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi-talabaga yuborilayotgan axborot oqimidir.
Metod – grekcha so‘z bo‘lib, yo‘l, axloq usuli ma’nolarini bildira-di. Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli, fao-liyat, harakatning yo‘li, usuli yoki qiyofasi, shakli ko‘rinishi.
Metodik – metodikaga tegishli, qat’iy ketma-ketlikka, tizimga, ilga-ridan o‘rnatilgan rejaga aniq rioya qilish.
Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi.
Metodologiya – bilishning ilmiy metodi haqidagi ta’limot. Biror fanda qo‘llanadigan metodlar majmuasi.
Modul – zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni modullar eng kichik bo‘laklardan hamda ularning turli miqdordagi to‘p-lamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik tarkibiy bo‘lakni eng kichik modul, boshqalarini esa o‘z ichiga qancha shunday modulni olishiga qarab, tegishli darajadagi modullar deyiladi.
Modul darajasi – zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tasvirlash ko‘lamiga muvofiq ravishda tanlangan birlamchi modullarning o‘z tarkibida aslida qancha modullarga ega ekanligi ko‘rsatkichi.
Modul to‘plami – zamonaviy pedagogik texnologiyalarni uning biror darajasidan boshlab tasvirlash maqsadi asosida bitta modul sifatida hisoblangan bir nechta modullar yig‘indisi.
Modullashtirish – zamonaviy pedagogik texnologiya materiallarini modullarga ajratish jarayoni.

Yüklə 372 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin