Modellashtiruvchi o‘yin – bilim olishga qaratilgan va ma’lum bir pe-dagogik natijani ko‘zlagan hamda turli (imitatsion, amaliy, ishbilarmonlik va rol ijrosiga asoslangan) o‘yinlar yordamida ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat.
Motivlar – ijtimoiy, shaxsiy, oilaviy, kasbiy bo‘lib, ular birinchi-dan, o‘quvchi-talaba, ota-onalarning ta’lim-tarbiya sohasidagi ehtiyojlari, maqsadlari, manfaatlari, qiziqishlarini ifoda etadi. Ikkinchidan, o‘qituv-chi va pedagogik texnologiyadagi boshqa ishtirokchilarning kasbiy eh-tiyoj, maqsad, manfaatlarini ifoda etadi.
Motivatsiya – biologik jihatdan insonning irsiy va to‘plangan tajriba-si asosida individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yo‘nal-tirilgan, undaydigan tuyg‘u. Insonni o‘qishga, o‘rganishga ana shu tuyg‘u undaydi.
O‘qitishning ta’minoti – masofaviy ta’limda o‘qituvchi tomonidan masofadan turgan holda o‘quvchi-talaba turli o‘quv materiallari va ma’-lumotlar orqali yordam berishi.
O‘quv telekommunikatsiya loyihasi – bir maqsadga erishishga qara-tilgan o‘quvchi-talabalarning birgalikdagi (jamoaviy) faoliyatlaridir.
Pedagogik texnologiyalar jarayoni – o‘z-o‘zini diagnostika qilish, nazorat diagnostika qilish, nazorat diagnostikasi, joriy, oraliq va yakuniy tekshiruvlar, test sinovlari, reyting tizimini uzluksiz, davriy va yakuniy monitoring va boshqa shakllarda olib borish nazarda tutiladi.
Pedagogik texnologiyalarni amalga oshirishda motivlar, uning tako-millashib borishida motivlarning vaqt o‘tishi bilan boshqa sifatga o‘tib borishini hisobga olish lozim.
Sinkveyn (axborot yig‘ish) metodi – murakkab g‘oya, iqtisodiy ifo-dalashni o‘rganish orqali mavzuni yaxshiroq anglashga, o‘zlashtirishga yordam beradigan metod.
Tyutorlar – masofaviy ta’lim materiallarini ishlab chiquvchi kon-sultant – maslahatchi mutaxassislar.
Ta’lim mazmuni – belgilangan maqsadga muvofiq yo‘nalish va hajm-ga ega bo‘ladi. U tegishli me’yoriy hujjatlar: ta’lim standartlari, o‘quv reja, dasturlar shaklida rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |