11-shakl.
O‘qituvсhi vа o‘quvсhi-tаlаbаlаr o‘rtаsidаgi munоsаbаt turlаri
O‘qituvсhi vа o‘quvсhi-tаlаbаlаr o‘rtаsidаgi munоsаbаt turlаri
Sust - ijоbiy
Bеqаrоr- ijоbiy
Bаrqаrоr- ijоbiy
O‘qituvсhilаrning umumiy hissiy-ijоbiy hоlаtdаgi vаziyatlаrdа o‘quvсhi-tаlаbаlаr jа-mоаsi bilаn ijоbiy, аm-mо fаоl bo‘lmаgаn munоsаbаtni tаshkil etishlаri
O‘qituvсhining o‘quv-сhi-tаlаbаlаrgа nisbа-tаn bаrqаrоr-ijоbiy munоsаbаti, ulаrgа g‘аmхo‘rlik ko‘rsа-tish, qiyinсhiliklаrni yengishgа yordаm bе-rish, ulаr bilаn vаzmin vа tеng оhаngdа mu-lоqоtdа bo‘lish bilаn
Bеqаrоr хususiyatgа egа munоsаbаt o‘qituv-сhilаrning umumiy his-siy – ijоbiy hоlаtdаgi vаziyatlаrdа o‘quvсhi-tаlаbаlаr jаmоаsigа nis-bаtаn bеqаrоr – munо-sаbаtdа bo‘lishlаri bi-lаn tаvsiflаnаdi
Zamonaviy pedagogik texnologiya turlarini tanlash shakllana-yotgan bilim, ko‘nikma va malakalar, tashkil etilayotgan darslar shakli va qo‘llanilayotgan metodlar hamda metodik usullarning xususiyatiga bog‘-liq. Masalan, o‘quvchi-talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘quv materiallariga tanqidiy yondashish ko‘nikmasini shakllantirish hamda mahsuldor faoliyat turlarini tashkil etish bilan bir qatorda ularni rivoj-lantirish uchun darsning an’anaviy shakllari (uyg‘unlashtirilgan dars-lar), konferensiya darsi, ishchan o‘yin darslari, integrallashtirilgan (ikki komponentli) darslardan foydalanish lozim. Mazkur vaziyatda ta’lim me-todlari ta’lim maqsadi bilan mutanosib (adekvat) bo‘lishi kerak. Chu-nonchi, bilimlarni turli vaziyatlarda qo‘llashga yo‘naltirilgan topshiriq-lar, yangi sharoitda faoliyat ko‘rsatishga undovchi topshiriqlarni bajarish, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida sxemalar tuzish, ularni tasniflash, qiyoslash, izchil tizimga solish, umumlashtirish va boshqalar.
Yetarli darajadagi rag‘bat (motivatsiya) hamda o‘quvchi-talabalar faoliyatini tashkil etish bilan ham ko‘zlangan natijalarga erishish kafo-latlanmaydi. Ta’lim-tarbiya jarayonining didaktik nuqtayi nazardan ta-komillashuvi faqatgina ushbu jarayonni tashkil etish va boshqarish yo‘l-larini to‘g‘ri tanlash bilan ta’minlanadi. ZPT ni boshqarish o‘zida ikki yo‘nalishni mujassamlashtiradi:
– faoliyatni boshqarish;
– o‘quvchilar jamoasini boshqarish;
Muayyan ZPTni tanlash o‘zgaruvchan dars holatining o‘zgarishiga imkon beradi hamda faoliyat maqsadiga qarab amalga oshiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, bilish jarayonini boshqarishga qo‘yilayotgan talab, shu-ningdek, o‘zlashtirish, muloqot qilish, faoliyat ko‘rsatish bosqichlarining xususiyati bilan bog‘liq.1
Dostları ilə paylaş: |