1. Oilaviy biznes tushunchasi. Oilaviy biznesning jahon mamlakatlaridagi ko‘rsatkichlari



Yüklə 103,81 Kb.
səhifə1/10
tarix14.04.2023
ölçüsü103,81 Kb.
#97939
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu


4-Mavzu:Oilaviy biznes-baraka manbai.

1.Oilaviy biznes tushunchasi.

2.Oilaviy biznesning jahon mamlakatlaridagi ko‘rsatkichlari.

3.Oilaviy biznesdagi muammolar.

4.“Oilaviy biznesni kreditlash manbalari.

1. Oilaviy biznes tushunchasi.


Xalqaro amaliyotda oilaviy firma deganda kapitali va asosiy boshqarish qarorlari qarindoshlik yoki qonunga muvofiq tuzilgan nikohdan kelib chiqadigan munosabatlar bilan bir-biriga bog’liq bo’lgan shaxslar guruhi – bir oilaning nazoratida bo’lgan firmalar tushuniladi. Oilaviy biznesning yana o’ziga xosligi shundan iboratki, firmaning mulkdorlari uni meros bo’yicha avlodlariga qoldirishga intiladilar. “Oilaviy tadbirkorlik”, “oilaviy korxona”, “oilaviy firma”, “oilaviy kompaniya”, “oila mulkchiligida bo’lgan biznes” va “oila tomonidan nazorat qilinadigan kompaniya” atamalari mazmun nuqtai nazaridan bir ma’no kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonunining 3- moddasida oilaviy tadbirkorlik atamasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir”. Oilaviy biznes ayrim sohalarda sotuvlar hajmi, daromadlari va boshqa ko’rsatkichlari bir xil, mulkdorlari tarkibi boshqacha bo’lgan kompaniya va firmalardan ilgarilab ketish imkonini beruvchi bir qator afzal tomonlarga egadir. Ularning asosiylari quyidagilar:
1. Manfaatdorlik. Oila, biznesning mulkdori sifatida, biznesning o’sishi va rivojlanishini ta’minlash hamda uni keyingi avlodlarga topshirishga qodir bo’lish tarafdoridir. Buning natijasi o’laroq – oilaning ko’pgina a’zolari o’zlarini fikran firma bilan bog’lagan holda biznesning uzoq muddatli istiqboldagi o’sishini kafolatlash uchun odatda o’zlarining bor kuchlarini ayamay ishlashga hamda daromadning o’zlariga tegishli qismini biznesga qayta sarmoya tariqasida kiritishga tayyordir. Oilaviy korxonalarning sheriklari odatda biznesni rivojlantirishda manfaatdor bo’lgan mulkdorlar guruhlari borligini yuksak darajada qadrlaydi va unday korxonalarga nisbatan katta ishonch bilan munosabatda bo’ladilar.

Yüklə 103,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin